Инвестиция фаолияти ва инвестиция сиёсати


Jamgʼarmalar – investitsiyalash manbasi sifatida



Yüklə 14,03 Mb.
səhifə6/7
tarix13.09.2023
ölçüsü14,03 Mb.
#143279
1   2   3   4   5   6   7
1.mavzu - Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Jamgʼarmalar – investitsiyalash manbasi sifatida

  • Jamgʼarma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga kiritiladi, yaʼni jamgʼarmaning iqtisodiyotga ijobiy taʼsiri investitsiyaga aylangandagina yuz beradi.
  • Jamgʼarma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida toʼplanib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xoʼjaliklar daromadidan isteʼmol sarflarini ayirib tashlash yoʼli bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida isteʼmol sarflari ulushi qanchalik yuqori boʼlsa, jamgʼarma hajmi shunchalik kam boʼladi. Bunday holat investitsiya faoliyati taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʼrsatmaydi. Jamgʼarmaning oʼsishi iqtisodiy maʼnoda mablagʼlarning isteʼmol buyumlar xarid qilishdan investitsiya tovarlari xarid qilishga yoʼnaltirilishini bildiradi. Shunga koʼra, muddat jihatdan kechiktirilgan isteʼmol jamgʼarmani anglatadi.

3.Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

  • Iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyalar yetakchi rol oʼynaydi, chunki investitsiya orqali korxonalarning kapital jamgʼarilishiga, natijada mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy oʼsishga erishiladi.
  • Investitsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida qator funktsiya va vazifalarni bajaradi-ki, ularsiz har qanday mamlakat iqtisodiyoti bir maromda rivojlana olmaydi.

Investitsiyalar makrodarajada quyidagilarni taʼminlaydi:

  • takror ishlab chiqarishni kengaytirish siyosatini amalga oshirish;
  • ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash, uning sifati va hajminini oshirish;
  • ijtimoiy sohalarni (sogʼliqni saqlash, taʼlim va boshq.) rivojlantirish;
  • aholi farovonligini taʼminlashda muhim boʼlgan uy-joy qurilishi, ichimlik suvi, gaz, elektr energiya bilan taʼminlash muammolarini hal etish;
  • atrof-muhit va ekologiyaning ifloslanishining oldini olish;
  • umumjamiyat ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan qayta qurish va barcha iqtisodiyot tarmoqlarini bir maromda rivojlantirish;
  • iqtisodiyotning real sektori va yetakchi tarmoqlarini rivojlantirish;
  • hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish va ixtisoslashuvini mustahkamlash;

Yüklə 14,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin