1.Fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bogʼliqligi
2.Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati Investitsiyalarning tasniflanishi.
3.Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Fanning predmeti, maqsadi, vazifalari
Fanning predmeti: mamlakatimizda va dunyoda amalga oshirilayotgan investitsion jarayonlar va ular bilan bogʼliq iqtisodiy munosabatlardir.
Fanning asosiy maqsadi: talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash boʼyicha yoʼnalishga mos bilim, koʼnikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi, moliyalashtirish manbalarini aniqlash, investitsiya loyihalarini samaradorligini baholash, noanʼanaviy usullarni oʼrganish va tatbiq etish, investitsiyalarni moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olish, loyihaning investitsion va moliyaviy rejasi bilan tanishtirishni, loyihaviy moliyalashtirishning mohiyatini, loyihani boshqarishning tashkiliy tizimini, hamda loyihani amalga oshirish tartibini oʼrgatishdan iborat.
1.Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati toʼgʼrisida iqtisodchi olimlar oʼrtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir taʼrif berilmagan. Jumladan, prof. D. Gʼ. Gʼozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha taʼrif berib oʼtgan:
“Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablagʼlar olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va koʼzlangan samarani olishdan iborat boʼladi”. [1]