Инвестиция фаолияти ва инвестиция сиёсати


Investitsiyalarning tasniflanishi



Yüklə 14,03 Mb.
səhifə5/7
tarix13.09.2023
ölçüsü14,03 Mb.
#143279
1   2   3   4   5   6   7
1.mavzu - Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati

Investitsiyalarning tasniflanishi

  • Аsosiy fondlarni yaratish va takror koʼpaytirishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiya qilishga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kapital investitsiyalar jumlasiga kiradi.
  • Аktsiyalar, korporativ, infratuzilmaviy va davlat obligatsiyalariga, shuningdek qimmatli qogʼozlarning boshqa turlariga kiritiladigan investitsiyalar moliyaviy investitsiyalar jumlasiga kiradi.
  • Inson salohiyatini, koʼnikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga kiradi.

Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli:

  • kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va bosh omilidir;
  • kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga oshiriladi;
  • kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy, ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi;
  • kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq.

Jamgʼarmalar – investitsiyalash manbasi sifatida

  • Jamgʼarish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi isteʼmolini oshirishga yoʼnaltirilgan jarayon.
  • Jamgʼarishning asosiy funktsiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga koʼmaklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining oʼsib va oʼzgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Yüklə 14,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin