korxona ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish;
asosiy fondlarning haddan tashqari jismoniy va maʼnaviy eskirishiga yoʼl qoʼymaslik;
ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasini oshirish;
korxona mahsuloti raqobatbardoshligini taʼminlash va uning sifatini oshirish;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
qimmatli qogʼozlar sotib olish va boshqa korxona aktivlariga oʼz mablagʼini sarflash.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalarning ahamiyati quyidagilarda namoyon boʼladi:
birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʼljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import oʼrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yoʼnaltirish va pirovardida, aholining meʼyordagi turmush darajasini taʼminlash (farovonligini oshirish) imkonini yaratadi;
uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali oʼsib borayotgan aholini ish joylari bilan taʼminlaydi;
toʼrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga koʼmaklashadi va h.k.