Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» kitobida investitsiyalarga quyidagicha taʼrif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni koʼzlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng maʼnoda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini oʼstirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur boʼladigan mexanizmlarni taʼminlaydi.
2.Investitsiyalarning tasniflanishi
Qo‘yilish ob’ektiga qarab
Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Moliyaviy investitsiyalar moliyaviy aktivlarga, ya’ni qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan qo‘yilmalardir.
Investitsiyada qatnashish harakteriga ko‘ra
Bevosita investitsiyalar investorni o‘z moliyaviy mablag‘larini joylashtirish ob’ektini tanlash imkoniyatini beradi.
Portfel investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar, fondlar va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Moliyaviy vositachilar to‘plangan mablag‘larni samarali, daromad keltiradigan qilib joylashtiradilar. Portfel investitsiyalar boshqa emitentlarning anderrayting yordamida qimmatli qog‘ozlarga joylashtirish shaklida namoyon bo‘ladi.
Investitsiyalash davriga qarab
Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (bir yildan oshiq muddatga beriladi) bo‘ladi.
Mulk shakllaridan kelib chiqib
investitsiyalar xususiy, davlat, qo‘shma va xorijiy shakllarga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi.