Investitsiya” fanidan nazorat ishi bajardi: bxa 56-2 guruh talabasi: To’xsanov Asliddin. Toshkent – 2022



Yüklə 28,38 Kb.
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü28,38 Kb.
#195187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Investitsiya” fanidan nazorat ishi bajardi bxa 56-2 guruh talab-hozir.org 2

Qimmatli qog’ozlar bozori – bu… oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.

Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasit maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi (qarang Fond bozori).





  1. Arzon moliyaviy resurslar – bular… iqtisodiy subʼyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi.

Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x.isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, isteʼmol va jamgʻarish uchun ajratiladi.






  1. Yüklə 28,38 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin