N azorat va m uhokam a uchun savollar
1. Iqtisodiy tahlil vazifalarini tushuntirib bering.
2. Iqtisodiy tahlilning maqsadi va moliyaviy tahlildan farqi nimada?.
3. YAshirin baholar nima? Iqtisodiy tahlilda nima uchun yashirin
baholardan foydalaniladi?
4. Manfaat va xarajatlarni o ’lchash muammolariga izoh bering.
163
5. Iste’mol tejami nima?
6. Tashqi samara, jumladan, xalqaro samaraning mohiyati nimada?
7. Loyiha maqsadlarini aniqlash va bosh maqsadning iqtisodiy
mazmuni, oqibatlarini anglash kerakmi?
8. Loyihani baholash chizmasini va bosqichlarini aniqlash kerakmi?
9. Loyiha natijalari bo’yicha talabni prognoz qilish
10. Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash
kerakmi?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.А.Э.Ишмухамедов,
М .СД осимов,
З.А.Джумаев,
Г.Я.Мухамеджанова. Лойиха тахлили. Т: ТДИУ. 2006.-189-204 б.
2. Марголин А.М. Экономическая оценка инвестиционных проектов.
Учебник для вузов. А.М. Марголин, М.ЗАО Издательство экономика,
2007.-320-367стр..
3.Есипов В.Е. и др. Коммерческая оценка
инвестиций. Учебное
пособие. КНОРУС М: 2009. -278-350 стр.
4. Балдин К.В. Инвестиции и инновации. Учебное пособие. \ К.В.
Балдин, И.И. Передеряев и др.-2- изд- М: Издательское -торговая
корпорация «Дашков и К», 2010. -145-238 с.
5.Николаев М.А. Инвестиционная деятельность: Учебное пособие \
М.А. Николаев-Финансы и статистика, ИНФРА. М-2009-245-336 стр.
164
XIII-BO B. L O Y IH A L A R D A N O A N IQ L IK VA
Q A L T ISL IK N I TA H LIL I
13.1.L oyihalarda n oa n iq lik va qaltislik tushunchalari
Loyihalarda noaniqlik va qaltisliklami aniqlash va ularni boshqarish
ulami har bir bosqichida juda muhimdir.
Biz xoxlamagan narsaning, voqeaning sodir bo’lish ehtimolini qaltislik
deb ataymiz. Investitsiya loyihalari uchun qaltislik
- bu loyihalarda
ko’zda tutilgan maqsadlarga erishmaslik ehtimolidir. Buning natijasida
investorlaming loyihani moliyalashtirishga bo’lgan qiziqishi pasayadi yoki
loyiha umuman qiziqtirmay qolishi mumkin.
Aynan XIX asr oxirida insoniyat qaltisliklami boshqarish muammolari
bilan to’qnashdi. SHu davrda firmalar rivojlandi va ko’paydi, tabiiy zarar
ko’rish qaltislikni ham oshib bordi.
Eng birinchi qaltislikni boshqarish rejasi 1890 yilda AQSHdagi temir
yo’l qurilish bilan shug’llanuvchi firma tomonidan ishlab chiqildi.
1920-1930 yillari Buyuk depressiyadan so’ng qaltislik boshqaruviga
katta e ’tibor qaratildi. II jahon urushidan so’ng dunyoda ilm-fan, texnika-
texnologiya jadal rivojlandi va insoniyat uchun XX asming 50-yillaridan
boshlab qaltislik boshqaruvi muhim muammoga, masalaga aylandi. 70-
yillarga kelib qaltislikni boshqaruv jarayonlari va professional qaltislik
menejerlariga talab paydo bo’la boshladi.
Hozirda esa qaltislikni hisobga olish loyihalarni baholashning ajralmas
qismi hisoblanadi
Iqtisodiy qaltislik
deganda pul ko’rinishida ifodalanishi mumkin
bo’lgan turli zararlaming yuzaga kelish ehtimolligi tushuniladi. Ular
quyidagicha bo’lishi mumkin.
•
Zarar ko’rish xavfi, ehtimolligi mavjud.
Qaysidir mahsulotni
ishlab chiqarish zarar keltirishi mumkin; Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi sharoitida xatto eng yirik xalqaro kompaniyalar ham ba’zi
sohalarini yoki mahsulotlarini ishlab chiqarishni to ’xtatib qo’ydi, uni
o ’rniga ekologik sof va tan - narhi arzon mahsulotlar ishlab chiqarishga
utdilar. Bunga yaqqol misol Frantsiyada Konkord rusumdagi tovushdan
165
tez uchar sam alyotlam i ishlab chiqarishni to ’xtatilishidir.
•
N oaniqlik, oldindan ko’ra bilish imkoniyati yo’qligi. Y A ’ni
bozom ing o ’rganilm aganligi yoki boshqa sabablar tufayli m a’lum bir
loyiha uchun yakuniy m oliyaviy natija qanday b o ’lishini oldindan aytish
qiyin b o ’ladi.
Iqtisodiy qaltislik
bilan xohlagan su b ’ekt to ’qnashishi m um kin -
alohida shaxs, guruh, firma, bank, sug’urta kompaniyalari va hokazo.
Iqtisodiy qaltislik kim da bo’lishidan q a t’iy nazar, hamma qaltislik bilan
bog’liq xatam i, zararlam i kam aytirishga harakat qiladi. SHuning uchun
qaltisliklam i boshqarish muam m osi yuzaga keladi va «qaltislik -
menejment» deb ataladi.
Iqtisodiy qaltislik bilan bo g ’liq ehtim oliy y o ’qotishning kamayishini
xoxlaydigan har bir firm a o ’zi uchun quyidagi bir qancha m uam moli
m asalalarni hal qilishi kerak:
- iqtisodiy qaltislik bilan bog’liq ehtim oliy zararlarni baholash;
- qaltislikni to ’liq o ’zida qoldirish yoki boshqa sub’ektga berish,
m a’lum qaltislikni o ’zida qoldirish yoki boshqa sub’ektga berish kabi
masalalarni hal qilish;
- o ’zida qoldirilgan qaltislik sababli yuzaga kelishi mumkin b o ’lgan
y o ’qotishlarni kam aytirish dasturini ishlab chiqish. Bundan maqsad
qaltislik
m avjud bo’lgan sharoitda firm aning samarali ishlashini
ta ’minlashdir.
Firm ada ro ’y berishi m um kin b o ’lgan qaltisliklar turli xil, lekin asosan
ularning ikki turi k o ’riladi:
1. M oliyaviy qaltisliklar. Ularga quyidagilar kirishi mumkin:
•
Foiz stavkasi o ’zgarishi;
•
K redit qaytarilmasligi;
•
V alyuta kursining nom a’qul tebranishi;
•
X aridorlarning to ’lovga qobiliyatsizligi;
•
Xom -ashyo va m ateriallar narxining oshishi;
•
X aridorlar
tom onidan
m ajburiyatlarning
bajarilmasligi
va
hokazolar.
2. Firma xo’jalik faoliyati bilan bog’liq qaltisliklar. Ularning paydo
bo’lishiga
quyidagilar
sabab
b o ’lishi mumkin:
166
-jih o zlam in g eskirganligi;
- xom -ashyo va m ateriallar sifatining o ’zgarib turishi;
- texnologiya etishmasligi;
- ishlab chiqarish kuchlari zaxirasining y o ’qligi;
- turib qolishlar;
- favqulotda holatlar va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |