Ma‘muriy- hududiy tuzilmalar doirasida
(shahar, tu- man)
Alohida zonada joylashgan kichik (lokal) hududlar uchui majburiy
Soliq, bojxona, moliya
Rossiya (Kaliningrad viloyati)
*Ma‘muriy imtiyozlar barcha turdagi zonalar uchun bazaviy hisoblanadi.
EIZda asosan bojxona, soliq va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llaniladi. EIZ hajmi jihatdan o‘rtacha 0,01 kv. km. dan 330 kv. km. gacha bo‘lgan hududlarni qamrab olishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar barpo etilishi va rivojlanishi hamda ularning iqtisodiyotni rivojlantirishga ta‟siri
EIHlar faoliyat yuritayotgan 123 ta mamlakatlar orasida eng ko‘pi AQShga to‘g‘ri keladi. AQShda EIHlarning soni 240 tadan oshadi49. AQShda EIHlar 1930 yillarda tashkil qilina boshlagan. U «Tashqi savdo hududlari to‘g‘risida»gi (1934 y.) Qonun bilan birgalikda, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tashkil qilingan.
EIHlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiyada va mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo‘lib, ular muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayapti. U yerda, ko‘proq, turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar va ofshor markazlari tarqalgan.
Markaziy va Sharqiy Evropa hamda Xitoy mamlakatlarida 1980-yillarda EIHlar xorij kapitalini va texnologiyasini jalb qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadlarida tashkil qilina boshladi. Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida, asosan, mahsulot-omborxona va eksport-ishlab chiqarish hududlari tashkil qilingan va ularga soliq hamda bojxona imtiyozlari berilgan.
Rossiyada EIHlar 1980-yillar oxiri 1990-yillar o‘rtalariga kelib tashkil qilina boshlandi. Biroq, Rossiyada tashkil qilingan barcha EIHlar ham vaqt o‘tishi bilan tajribalarga dosh berolmadi. Bunga ularga (EIHga) nisbatan mamlakat siyosatining munosabati ham ta‘sir ko‘rsatgan. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlardan Primorya o‘lkasining «Naxodka» EIH va Kaliningrad viloyatidagi maxsus iqtisodiy hududlarni aytish mumkin.
Shunday qilib, dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayib, ularning shakli o‘zgarib bormoqda, tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga aylanishi kuchayib bormoqda. Xo‘jalik faoliyati mohiyati tovar ayriboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko‘rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo‘lgan turlariga o‘zgarib boradi. Yuqoridagilarga muvofiq, shuni xulosa qilish mumkinki, EIHlar milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.
EIHni tashkil qilish, uning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshiruvchi muhim bo‘g‘in sifatida qaraladi. EIHda iqtisodiyot tashqi dunyo bilan yuqori darajada aloqada bo‘lish imkoniga ega, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki hamda tashqi investitsiyalar uchun ijobiydir.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va ularni rivojlantirish aniq bir dolzarb muammoga ega bo‘lgan iqtisodiy masalani echishga, strategik dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘z hududida EIHni tashkil qilayotgan davlat uchun, EIHlar pirovard maqsad hisoblanmaydi. Ko‘pgina hollarda, EIHlar mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy strategiyasiga qo‘shilib ketadi. EIHni tashkil qilishdan umumiy maqsad ommaviy ahamiyatga ega bo‘lgan makroiqtisodiy masalalarning echimiga qaratilgan bo‘ladi. Xususan:
iqtisodiy o‘sish darajasini tezlashtirish;
sanoatni yangilash va zamonaviylashtirish;
ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar va xizmatlar bilan to‘yintirish.
Biroq, bu maqsadlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishish har doim ham amalga oshmaydi. Dunyo amaliyoti ko‘rsatishicha, EIHlar bu masalani, xalqaro bozorga mahsulot va xizmatlarni chiqarish orqali valyuta kirib kelishining ko‘payishi hisobiga hal qilish imkonini beradi. Huddi mana shu vaqtning o‘zida EIHlar, qabul qilayotgan mamlakatlar uchun ham bir qancha masalalarni hal qiladi: mamlakatga xorij hamda mahalliy kapitalni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qiladi, sanoat va
49http://ivr.nm.ru/2001/rus/p0107/p010703.htm Е.Неклюдова. СЭЗ.
xizmat ko‘rsatish sohalarida ish bilan bandlik darajasini oshiradi, boshqaruv hamda marketing tizimida etakchi malakaga ega bo‘lish imkonini beradi, zamonaviy infratuzilmani yaratadi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, har qanday EIH doimiy rivojlanishda bo‘ladi. Bir turdagi iqtisodiy hudud boshqa turdagi hududga aylanishi mumkin, albatta, u rivojlanishning yuqori bosqichida bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, EIH oldida turgan maqsadlarning o‘zgarishiga va yanada murakkablashishiga olib keladi.
EIH maqsadi uni tashkil qilayotgan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga, xalq xo‘jaligining strategik rejasiga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham EIHni tashkil qilish sabablari va maqsadlari alohida hollarda bir-biridan farqlanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad va sabablardan tashqari, EIHni tashkil qilishda yana uch asosiy masalaga e‘tibor qaratiladi:
ishlab chiqarish eksportini oshirish va natijada valyuta kirib kelishini ta‘minlash;
hududni xo‘jalikda yangi usul va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha poligonga aylantirish va milliy xo‘jalikning o‘sishiga erishish.
O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida EIHlarni tuzish maqsadlari, ko‘p jihatdan, rivojlanayotgan mamlakatlarnikiga o‘xshashdir. Masalan, Rossiyada EIHlarning tuzilishi quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:
mamlakat iqtisodiyotiga xorij kapitalini jalb etish;
tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun bozor tizimini shakllantirish;
eksport saloxiyatini rivojlantirish va valyuta tushumlarini ko‘paytirish;
ham xorij, ham milliy ilmiy echimlarni va «nou-xau»larni joriy qilish hisobiga ilmiy- texnika taraqqiyotini jadal tatbiq etishni ta‘minlash;
hudud miqyosida yangi xo‘jalik yuritish usullarini sinab ko‘rish.
EIHlarning tuzilishi, faoliyat yuritishi va rivojlantirilishining huquqiy asosi bu huquqiy aktlar bo‘lib, ularda quyidagilar aniqlanadi: hududning maqsadi, vazifalari va boshqarish tartibi; xorij va milliy kapitalga beriladigan turli imtiyozlar; xorijiy investitsiyalarni boshqarish; tashqi savdo va bojxona; oltin valyuta zaxiralari boshqaruvi va kreditlar; arbitraj va da‘volarning ko‘rilish tartibi.