Tarmoq va hududiymaqsadliloyihalarportfeliniishlab chiqish, kelishish,tasdiqlash va “Loyihalarniboshqarish Milliy agentligi”bilan kalendar rejalarnitasdiqlash
Investitsiya Dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Dasturni amalga oshirishning 1 yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta‘minlangan (kelgusi yilga o‘tuvchi va yangidan boshlanayotgan ) qurilishlarning aniq ro‘yxati tuziladi;
Dasturni amalga oshirishning 2 yiliga unga kelgusi yillar loyiha – qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi qurishlarning prognoz ro‘yxati va dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha xujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilida tanlov savdolariga qo‘yiladigan yangidan boshlanadigan ob‘ektlar kiritiladi;
Dasturning amalga oshirishning uchinchi yilida unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi
yildan o‘tuvchi qurilishlarining prognoz ro‘yxati, loyiha xujjatlari ikkinchi yildan tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan ob‘ektlar kiritiladi.
Har bir davlat birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasiga mamlakat va chet el investorlarini jalb qilish uchun harakat qilmog‘i lozim. Ushbu maqsadda muayyan investitsiya dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsion muhit yaratiladi.