Kredit bahosi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi shartnoma asosida belgilanadi va bu kreditga oid foizlarni o‘z ichiga oladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra kredit bahosi pul bozori va inflyatsiya holatidan kelib chiqqan holda ko‘payish yoki kamayish tomoniga o‘zgartirilishi mumkin. Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi bilan tartibga solinishi depozitlarga foiz to‘lashning amaldagi tizimi tufayli banklarning zarar
Kredit qo‘yilmalarining hisobot oyida o‘rtacha summasi 5316916 ming so‘mni, bulardi olingan daromad esa 43237 ming so‘m bo‘lgan Kredit qo‘yilmalarining o‘rtacha qiymati (%da)
Foizli
daromad keltiruvchi aktivlar
Bu yerda, bankning hisob – kitoblar va kassa operatsiyalari xizmatlaridan oladigan va umuman foizsiz daromad, xarajatlari hisobga olinmagan.
Nazariy jihatdan kreditning bahosini quyidagicha aniqlash mumkin:
Kб
Кбб
Ох
Крд
Кф (14.5)
Bu yerda,
Kb
– kreditning bahosi;
Kbb
– kreditning bozor bahosi;
Ox
– operatsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq harajatlar; Krd
– kreditlar bo‘yicha risk darajasi;
Kf
– bankning o‘z kapitaliga foiz stavkasi.
Uzoq muddatli kreditlardan foydalanganlik uchun foizlar banklar tomonidan kreditlash muddatining davomiyligi, qarz oluvchilar tomonidan berilgan kreditning o‘z vaqtida
qaytarilishi kafolatlari, kredit resurslari talab va taklifi va ular bahosi, shuningdek, shartnoma asosidagi kredit xatarining mavjudligi hisobga
olingan holda belgilanadi
Kredit shartnomasi tuzib bo‘lingandan so‘ng qarz oluvchi nomiga ssuda hisob varag‘i ochiladi. Ssuda hisob varag‘iga oid barcha operatsiyalar shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi
Ssuda hisob varaqlaridan qurilish - montaj ishlari yillik hajmining 15 % dan kam bo‘lmagan hajmlardagi pudrat tashkilotlariga qilinadigan dastlabki to‘lovlar, shuningdek, mazkur qurilish smetasiga kiritilgan sotib olinadigan uskunaning va boshqa harajatlarning hajmi bilan birgalikdagi bajarilgan ishlar uchun to‘lov xujjatlari haqi to‘lanadi.
Buyurtmachining o‘z mablag‘lari va kredit mablag‘lari ishtirokida qurilishni moliyalash chog‘ida qurilayotgan korxonaning rahbariyati kadrlarni tayyorlash va binolar ijarasi va shu kabilarni saqlab turishi bilan bog‘liq boshqa harajatlarga kredit hisobidan to‘lanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar va ularga oid foizlarni sundirilishi qarz oluvchining bank hisob varag‘iga pul mablag‘larining kelgusida kelib tushishining aniq hisob-kitobi olingan holda tuzilgan jadval
asosida amalga oshiriladi, zarurat tug‘ilganda taraflar kelishuviga binoan kredit va unga oid foizlarning sundirilishi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qarz oluvchi, agar bu narsa shartnomada kuzda tutilgan yoki kreditor roziligi asosida bo‘lsa, o‘zining kredit summasi va haqiqatda foydalanilgan davr uchun unga oid hisoblangan foizlarni muddatidan ilgari sundirish huquqiga ega.
Bunda qarz oluvchi o‘zining to‘lov topshiriqnomasi bilan kredit summasi va hisoblangan foizlarni to‘laydi
Muddati o‘tgan, amalda «O‘lik ssudalar» ga aylangan kreditlarga foiz hisoblash moliyaviy jihatdan zaif bankni ancha baquvvat qilib ko‘rsatishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida, O‘zbekiston Respublikasidagi ayrim banklar kreditni qaytish ehtimoli nolga teng bo‘lgan hollarda ham foiz summasini mijozning joriy qisob varag‘idan debetlayverish hollari uchraydi. Buning
80 Роиз Питер С. Банковский менеджмент. Пер. с.анг. со 2 – го изд. – М.: ―Дело Лтд‖, 1995. – 768 с.