Investitsiya



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə108/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

15.1-jadval


Lizing munosabatlari subyektlari uchun lizingning qulayligi

Uskunalarni ishlab chiqaruvchi uchun

-Sotish bozorining kengayishi
-Texnikaga kafolatli xizmat ko‘rsatish tizimini kengayishi

Lizing beruvchi uchun
-Foyda olish
-Amortizatsiya va soliq imtiyozlarining mavjudligi
-Mulk shaklida sarmoyalash
- moliyaviy xatarlarni yo‘qligi

Lizing oluvchi uchun
-Kam miqdordagi boshlang‘ich kapital hisobiga ham ishni tashkil etish imkoni
-Yuz foizli kreditlash
-To‘lovlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab etilmasligi
-To‘lovlarning qulay sxemasini ishlab chiqish imkoniyati
-lizing oluvchini mulk solig‘idan ozod bo‘lishi
-Lizing to‘lovlarini ishlab chiqarish va muomala harajatlari tarkibiga kiritilishi
-Vaqtinchalik foydalanishga olingan mulkni jismoniy va ma‘naviy eskirish xatarini kamligi
-Yangi mahsulot ishlab chiqarishda xatarni kamayishi
-Soliq to‘lashdagi imtiyozlar va jadal amortizatsiyani qo‘llash imkoniyati



    1. Lizing to‟lovlarini va lizingning moliyaviy samaradorligini aniqlash, banklarda


lizing hisobi.

Lizing to‘lovlari o‘z tarkibiga shartnomada ta‘kidlangan mulkning to‘la yoki qisman holdagi qiymatini hamda, ko‘rsatilgan lizing xizmati va qo‘shimcha servis xizmatlari to‘lovini oladi.


Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:
Lizing beruvchining kelishuv asosidagi umumiy harajatlari quyidagi tenglik bilan izohlanadi:
Lt=Bq+Kt+Qt
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov, so‘mda; Qt- qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘lov, so‘mda;
Bq - lizing shartnomasi predmeti hisoblangan mulkning balans qiymati, so‘mda;
Lizing bitimi asosida lizing oluvchining lizing to‘lovlari harajatlari quyidagicha hisoblanadi:
Lt=A+Kt+Tkomis+Qt+QQS+BB
Bunda,
A - lizing beruvchida joriy yilda hisobga olinadigan amortizatsiya ajratmalari miqdor o‘lchovi, so‘mda;
Tkomis - lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofot puli, so‘mda;
QQS - lizing beruvchi xizmatlari bo‘yicha lizing oluvchi tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i, so‘mda;
BB - bojxona boji, so‘mda;
Kt - kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov, so‘mda; Qt - qo‘shimcha xizmatlari uchun to‘lov, so‘mda.
O‘z navbatida, amortizatsiya ajratmalari quyidagi formula bilan hisoblaniladi:
А С * Н А
100
Bu erda, A- amortizatsiya ajratmasi summasi; S- mol – mulkning balans qiymati; NA- amortizatsiya ajratmasi me‘yori.
Kredit resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lov quyidagi formula orqali aniqlanadi:
К К * СК

Т

Bu erda, K- kredit resurslar summasi;


100

Sk – kredit resurslaridan foydalanganligi uchun stavkasi.
Lizing shartnomasi asosida lizing beruvchining komission mukofat puli quyidagicha aniqlanadi:
Т К * Скомис комис 100
Bu yerda, Skomis – komission mukofat puli stavkasi. Qo‘shimcha xizmatlar to‘lov miqdori asosan quyidagi aniqlanadi:

Qt = Xsaf + Xrek + Xboshqa Bu yerda, Xsaf – bank xodimlarining safar xarajatlari;


Xrek – reklamalar xarajatlar summasi; Xboshqa - boshqa xarajatlar summasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgust 2002 yildagi «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik va xususiy tadbirkorlikni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek, mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida chiqarilgan zaruriy me‘yoriy hujjat bo‘lib, mamalakatimizda lizing munosabatlarini rivojlantirishda yangicha bosqichni boshlab berdi.

Ushbu farmonga ko‘ra 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing to‘lovlari - qo‘shilgan qiymat solig‘idan, lizingga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan texnologiya va uskunalari - vakil bankning tegishli tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda boj to‘lovlari va sotishga soliqlardan ozod qilindi.
Belgilab qo‘yildiki, 2002 yilning 1 sentyabridan boshlab lizing oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq to‘lashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar; lizing beruvchini soliqqa tortish chog‘ida u lizingga berish uchun mulk harid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa to‘lovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Amaliyotda, tadbirkorlik faoliyatini yurituvchilar ko‘pgina hollarda, bir-biriga muqobil darajada bo‘lgan tanlovga duch keladi. Masalan, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olinadigan uskunalarni moliyalashtirish samaralimi yoki bu uskunalarni ijaraga olib, ulardan foydalanish unumliroqmi? Ushbu masala nafaqat tadbirkorlar oldida, shuningdek uskunlarni ishlab chiqaruvchi oldida ham turadi. Mulk egasi uchun eng muhimi ijara to‘lovlari hajmini belgilab olish va uskunalar ijarasining moliyaviy samaradorligini aniqlashdir. Ijaraga oluvchi esa, muqobil variantlar mavjud bo‘lgan holda, o‘zi uchun asosiy masalani, ya‘ni uskunalarni ijaraga olishni yoki ularni harid qilishni hal qilishi zarur. Ikkala masala ham sof moliyaviy tamoyillar asosida hal qilinishi mumkin. Bu borada qaysi bir usuldan foydalanmaylik buning echimi pul oqimlarini bugungi o‘lcham kontseptsiyasiga asoslanadi. Uskunalar uchun ijara haqi to‘lovi quyidagicha aniqlanadi:
Aytaylik, R qiymatga ega bo‘lgan uskuna n yilga ijaraga berilayapti. Uning qoldiq qiymati (ijara muddati oxirida) S ni tashkil etadi. Ijara to‘lovlari oqimi vaqt omilini hisobga olgan holda eskirish qiymatiga teng bo‘lishi lozim. Ijara to‘lovi, yilda bir marotaba yilning oxirida to‘lanadigan bo‘lsa, uskunalarga safarbar etilgan mablag‘larni belgilangan me‘yorda ta‘minlovchi bir marotabali ijara to‘lovi quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin