Iqtisodiy inqiroz va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida xususiy investitsiyalardan samarali foydalanishning ustuvor yo‟nalishlari
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g‘oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta‘minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik subyektlarining o‘z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma‘lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o‘rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi.
Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo‘llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e‘tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta‘minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta‘minlash tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o‘tkazilgan iqtisodiy islohatlar o‘z samarasini ko‘rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda. Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo‘lgan, yuqori daromad va foyda olishga erishish yo‘lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish, ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta‘minlashda eng ma‘qul bo‘lgan xo‘jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashning samarali mehanizimlari yaratilgan bo‘lib, ― ―Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari to‘g‘risida‖, ―Raqobat to‘g‘risida‖, yangi tahrirdagi ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida‖dagi qonun hujjatlarida taminlab berilgandir.
Aholining kun sayin o‘sib borayotgan moddiy ne‘matlarga talab-ehtiyojlarini qondirish birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Ya‘ni, oziq-ovqat, sabzavot-poliz, chorva, baliq, parranda mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, bu mahsulotlarni qayta ishlab, ichki bozorni to‘ldirish va iste‘molchilarga taklif etish hozirgi kunning va undan keyin ham dolzarb amalga oshirib boriladigan ustuvor ahamiyat kasb etadigan chora-tadbirlar majmuini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |