O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYORT FAKULTITETI MAKROIQTISODIYOT KAFEDRA Kurs ishi Mavzu: Tashqi migratsiyani davlat tomonidan tartibga solinishi Bajardi: Ijtimoiy ish 2-kurs Qurbonboyev Sarvar Qabul qildi: katta o’qituvchi Xajbakiyev Shuhrat TOSHKENT 2022 REJA: Kirish...
Mehnat migratsiyasi: kelib chiqishi va oqibatlari.
Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan takomillashtirilishi.
Toshkent shahar mehnat migratsiya agentligi vazifasi .
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH Globallashuv insoniyatning harakatlanishini va dunyodagi migratsiya jarayonini oshirishga yordam beradi. Ayni paytda aholi migratsiyasi rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning muhim omillariga aylanib bormoqda. Hozirgi zamonaviy bosqichda u yoki bu darajada boʻlsa-da, bironta ham mamlakat migratsiya munosabatlaridan chetda qolgani yoʻq. Mamlakatlar oʻrtasidagi ishchi kuchi xalqaro migratsiyaning milliy mehnat bozorini yagona bozorga birlashtiradi. Globallashuv jarayonining rivojlanishi bilan migratsiya oqimi ham tobora jadallashib bormoqda va ushbu masalani har tomonlama hal etish davr talabiga aylanmoqda.
Yurtimizda yoshlar masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan nihoyatda muhim hisoblangan ushbu masalani hal etish yuzasidan mehnat migratsiyasini tartibga solish, bu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, aholi, jumladan, yoshlarni ish bilan taʼminlashning hududiy xususiyatlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini hamda mehnat bozorini rivojlantirishni chuqur tahlil etish asosida yoshlar orasidagi migratsiya darajasi yuzasidan ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflarni ishlab chiqish muhimdir.
Yurtimizda xalqaro migratsiya, migrantlar huquqlari, noqonuniy migratsiyaga oid masalalarning ham nazariy, ham amaliy jihatlari oʻrganilishi borasida bir qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda.Yurtimizda xalqaro migratsiya, migrantlar huquqlari, noqonuniy migratsiyaga oid masalalarning ham nazariy, ham amaliy jihatlari oʻrganilishi borasida bir qator amaliy ishlar tashkil etilmoqda.