O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi


Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan takomillashtirilishi



Yüklə 34,91 Kb.
səhifə4/5
tarix25.05.2022
ölçüsü34,91 Kb.
#59468
1   2   3   4   5
QURBONBOYEV.S

3.Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan takomillashtirilishi.
Jahon iqtisodiyotida avj olayotgan globallashuv jarayonlari mamlakatlar
o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning ortishiga, alohida faoliyat ko'rsatayotgan
bozorlarning erkinlashtirilishiga va ularning umumiy jahon mehnat
bozoriga integratsiyalashuvining chuqurlashuviga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoning deyarli 200 ta mamlakati jahon
mehnat bozorining tarkibiy qismi bo'lmish xalqaro mehnat bozorida
ishtirok etmoqda. Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra,
dunyodagi jami xalqaro mehnat migrantlarining soni 258 million
kishiga yetgan bo'lib, ular tomonidan amalga oshirilgan 601 milliard
AQSh dollari hajmidagi pul o'tkazmalarining 429 milliardi
rivojlanayotgan mamlakatlarga yo'naltirilgan. 5
O'zbekiston Respublikasi Prezidyentining 2017 yil 12 apreldagi
PQ-2885-conli “O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o'rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik
munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi, 2017
yil 24 maydagi PQ-3001-sonli “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada
takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan
oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari, 2017 yil 21 dekabrdagi
“Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga
oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda
qabul qilish va jalb etish to'g'risida”gi hukumatlararo Bitim migratsiya
sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi.
O'zbekistondan tashqi mehnat migratsiyasining yana bir oqimi Koreya Respublikasiga yo'naltirilgan. 1995 yilda O'zbekiston va Koreya Respublikalari o'rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, o'zbekistonliklar “Sanoat Stajirovkasi Dasturi” asosida Koreya Respublikasiga yuborila boshlandi6
Oxirgi o'n yil oralig'ida “Sanoat Stajirovkasi Dasturi” asosida
Koreya Respublikasida 19 mingta o'zbekistonliklar ish bilan
ta'minlanishi uchun sharoit yaratildi. Shu munosabat bilan, Koreya
xukumati xorijdan ishchi kuchini yollashda “Bandlikka Ruxsat berish
Tizimi” (Employment Permit System-YeRS) asosida faoliyat ko'rsata
boshladi. Shu yillar oralig'ida “Bandlikka Ruxsat berish Tizimi”
asosida 48 mingta o'zbekistonlik migrantlar Koreyaga yuborildi.
Aholini ish bilan ta'minlash maqsadida davlat tomonidan
tartibga solish uchun Uzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari Vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi
faoliyat olib boradi. Bu Agentlik quyidagi vazifalarni bajaradi:

Yüklə 34,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin