O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 34,91 Kb.
səhifə2/5
tarix25.05.2022
ölçüsü34,91 Kb.
#59468
1   2   3   4   5
QURBONBOYEV.S

Yurtboshimiz takidlaydiki -tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish yuzasidan xalqaro shartnomalar tuzish, ularning respublika tashqarisida ish joylariga xavfsiz tarzda yetib borishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy mehnat migratsiyasining katta oqimi haligacha saqlanib qolmoqda.

Kurs ishi maqsad va vazifalari:
Yurtimizda migratsiyani takomillashtirish, tartibga solish borasida olib borilayotgan ishlar.

1 .Mehnat migratsiyasi: kelib chiqishi va oqibatlari. Migratsiya lotincha “migration” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, aholining joyini o’zgartirishi, boshqa joyga ko’chib o’tishi ma’nosini anglatadi. Ana shu atamadan kelib chiqqan holda migratsiyaning tor va keng ma’nosi farqlanadi.
Tor ma’noda aholining migratsiyasi – bu ularning doimiy turar joyining o’zgartirilishi bilan yakuniga yetadigan hududiy joyini o’zgartirishidir.
Keng ma’noda aholi migratsiyasi esa odamlarning bir yoki bir nechta ma’muriy-hududiy birliklardagi turli aholi turar joylari o’rtasida davomiyligi, muntazamligi va maqsadidan qat’i nazar ko’chib yurishidir.
Migratsiya nazariyasining asoschisi Buyuk Britanyalik jo’g’rofiyachi E.Ravenshtayn hisoblanadi. U XIX asr oxirida “migratsiya qonuni “ni yaratgan.
E.Ravenshtayn AQSH va boshqa mamlakatlardagi migratsiya jarayonlarini tahlil etish asosida migratsiyaning quyidagi 11 ta qonuniyatini asoslab bergan:

  1. Eng ko’p migratsiya qisqa masofaga amalga oshiriladi.

  2. Migratsiya asta-sekin bosqichma-bosqich sodir bo’ladi.

  3. Uzoq masofaga migratsiya asosan yirik sanoat va savdo markazlari tomon yo’naltirilgan bo’ladi.

  4. Har bir migratsiya oqimiga uning qarshi oqimi muvofiq bo’ladi.

  5. Shahar aholisi qishloq aholisiga nisbatan kam mobilroq bo’ladi.

  6. Mamlakat ichkari migratsiyada ayollar, uzoq masofalarga –

  7. Migrantlarning ko'pchiligini katta yoshdagi aholi tashkil etadi,oilalar o'z mamlakati tashqarisiga kam migratsiya qiladi.

  8. Katta shaharlarning yiriklashishi ular aholisining tabiiy o'sishidan ko'ra ko'proq migratsiya natijasidir.

  9. Migratsiyaning ko'lamlari sanoat va savdoning, ayniqsa transportning rivojlanishi natijasida ortadi.

  10. Hududlar asosan iqtisodiy xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.

11. Migratsiyaning asosiy sababi – iqtisodiy sababdir.
Uning migratsiya qonunlarida uning asosiy sababi – iqtisodiy sabab ekanligi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Ushbu g'oya migratsiya jarayonlarini modellashtirish sohasida bundan keyingi tadqiqotlarga ulkan ta'sir ko'rsatdi.
E.G.Ravyenshteynning migratsiyaning asosiy sababi – iqtisodiy sabab ekanligi haqidagi xulosa hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Ushbu olimning “migratsiya qonunlari” doirasida ishchi kuchi mobilligiga yangi klassik nazariyasida turli mintaqalar (ham mamlakat ichkarisida, ham mehnat migrantlarining kyelib chiqish mamlakati bilan boshqa davlatlar) o'rtasida ish haqidagi farq yotishi markaziy o'rinni egallaydi. Ushbu konsepsiya yangi klassik maktab vakillarining ishlab chiqarish omillari, shu jumladan mehnat resurslarining turli mamlakatlar o'rtasidagi tengsizlik oqibatida ko'chib yurishi asoslangan iqtisodiy nazariyasiga tayanadi. Mazkur tengsizlikni tartibga solish vositasi “hududiy-iqtisodiy mutanosiblik” nomini oldi.
Aslida migratsiyaning yangi klassik nazariyasi asosan ichki migratsiyani, birinchi navbatda qishloqdan shaharga migratsiyani izohlagan.Amerikalik iqtisodchilar M.Todaro va J.Xarris rivojlanayotgan mamlakatlarda shaharlarda ishsizlik darajasi yuqori bo'lishiga qaramasdan bu yerga qishloq aholisining migratsiyasi sabablariga aniqlik kiritadigan mantiqiy model yaratdi. Ular shahar bilan qishloqda ish haqi o'rtasida farq saqlanib turar ekan, qishloqdagi mehnat resurslari ishsizlar safidan o'rin olishlari mumkinligi ehtimoliga qaramasdan shaharga ishlash uchun kelishni davom ettirishlari sababini asosladi.

Yüklə 34,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin