Investitsiya


Investitsiya muhitida investitsiya salohiyatining o‟rni. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-me‟yoriy tizim



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə61/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

Investitsiya muhitida investitsiya salohiyatining o‟rni. Investitsiya muhitini shakllantirishda huquqiy-me‟yoriy tizim


Investitsiya muhitini yaxshilashdan maqsad investitsiya salohiyatini oshirish uchun zarur va maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Investitsiya salohiyati deganda iqtisodiy faoliyatda ishlatiladigan (foydalaniladigan) ishlab chiqarish zaxiralari, quvvatlari, kuchlari, imkoniyatlari kabilardan iborat resurslar yig‘indisi tushuniladi. Investitsiya salohiyati foyda olish yoki ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarga mablag‘ kiritish (qo‘yish) imkoniyatlari darajasini xarakterlaydi.


Investitsiya salohiyati – mamlakatda asrlar davomida shakllangan bir qancha omillar yig‘indisini tavsiflaydi. Bu omillar ishlab chiqarish omillari, tabiiy resurs omillari, mehnat omillari, va iste‘mol omillari hamda mamlakatning moliyaviy salohiyati kabilarni qamrab oladi (8.2-rasm).
Tabiiy salohiyat tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimi, tabiiy-geografik shart-sharoitlarini o‘z ichiga oladi. Tabiiy resurs omillari68 ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda muhim o‘rin tutadi va quyidagilarni qamrab oladi: mineral resurslar (foydali qazilmalar); agromuhit shart-sharoitlari; yer va suv resurslari; o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqalar.
Mehnat salohiyati iqtisodiy faol aholi soni, yoshi, aholining bilim darajasi kabilarni xarakterlaydi. Shuningdek, ishlab chiqarishga layoqatli, bilim, malaka, mahoratga ega bo‘lgan



68 Ma‘lumot uchun: Yaponiya, Janubiy Koreya va qator G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida tabiiy resurslarning kamyobligi texnika-texnologiya vositasida ortig‘i bilan qoplanadi.



Investitsiya salohiyati
kishilardan iborat bo‘lsa, intellektual salohiyat jamiyat a‘zolarining ilmiy, ma‘rifiy, ma‘naviy, intellektual salohiyatini ko‘rsatadi. Qoida tarzida, xorijiy investorlarni malakali ish kuchi va arzon ish haqi to‘lanadigan hududlar jalb qiladi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin