O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro jahon xo`jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati
Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab, bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo`lidan bormoqda. Bu yo`lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta`mirlash ishlarini amalga oshirishni rag`batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan O`zbekiston Davlati o`z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda. Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib topib, ular o`zaro bog`liqdir.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;
- ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish va pirovardida aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi;
- to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.