yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi xukumatimizning bu sohaga bo`lgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasid
2007 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi xukumatimizning bu sohaga bo`lgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir.
2007 yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ortiq yangi korxonalarning barpo etilganligi xukumatimizning bu sohaga bo`lgan katta e`tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir.
Vatanimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish va investitsiya faoliyati taraqqiyotini ta`minlash qulay investitsiya muhitini barpo etishni talab qiladi. 2007 yilda O`zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 23 foizga oshdi va 4,3 mlrd.dollardan ziyod miqdordagi mablag`ni tashkil etdi. Natijada YAIM o`sishi 9,5%ga va davlat byudjeti esa YAIMga nisbatan 1,1% profitsit bilan yakunlandi. Jami investitsiyalarning 70 foizidan ortig`I ishlab chiqarish ob`ektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi korxonalarni texnik va texnologik modernizatsiya qilishga yo`naltirildi. Jalb etilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmida chet el investitsiyalarinig salmog`I yuqori bo`ldi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 58 foizga ortib, 1 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 76 foizi to`g`ridan-to`g`ri kiritilgan xorijiy investitsiyalardir. To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar jami kapital qo`yilmalarning 17,8%ini tashkil qildi. Hozirgi kunda respublikamiz tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar hissasiga to`g`ri kelmoqda.