Investitsiya


-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari



Yüklə 103,24 Kb.
səhifə3/6
tarix22.04.2023
ölçüsü103,24 Kb.
#101490
1   2   3   4   5   6
Moliya 11

24-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish maqsadlari
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qo‘yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
25-modda. Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
investitsiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini barpo etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-604-son Qonunning 3-bobi.
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish;
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash.
(25-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Investorlarga bozorda ularni ustuvor mavqega qo‘yuvchi mutlaq qoidalar va huquqlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
29-modda. Investorlar faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga investorlar va investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda davlat organi tijorat siri saqlanishini ta’minlashi shart.

Yüklə 103,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin