Investitsiyalar va moliya bozori


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/23
tarix20.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#164447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Toshkent fond birjasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.....................................
ILOVALAR.........................................................................................................
Keltirilgan jadvallar ro‘yxati– magistirlik dissertatsiyasida 9 ta jadval mavjud.

Тartib raqami

Keltirilgan jadval nomi

Joylashuvi, betda

4.1







4.2







4.1







4.3







4.5







4.6







4.7







4.8







4.9







Keltirilgan rasmlar ro‘yxati – magistrlik dissertatsiyasida 9 ta rasm keltirilgan.

Tartib raqami

Keltirilgan rasm nomi

Joylashuvi, betda

2.1







4.1







4.2







KELTIRILGAN QISQARTMALAR:
YaIM – Yalpi ichki mahsulot;
RFB – Respublika fond birjasi “Toshkent”
XIF –Xususiy investitsiya fondi
MDH – Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi
XBA – Xalqaro birjalar asotsatsiyasi
KFB – Koreya fond birjasi
AUY – Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
YaDTK - Yagona dasturiy texnik kompleks

1. KIRISH

    1. Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzabligi

Bugungi kun va yaqin istiqbolda muvaffaqiyat aynan kapital bozorini rivojlantirish va davlat mulkini xususiylashtirish, xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatiga davlatning ta’sirini kamaytirish hamda xususiylashtirilgan xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida korporativ boshqaruvni takomillashtirish masalalari yirik biznes tuzilmalar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollarining rivojiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Dunyo davlatlari iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari shuni ko‘rsatmoqdaki, moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga jalb etishda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining ahamiyati va o‘rni oshib bormoqda. Xorijiy mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalizatsiyasining YaIMdagi ulushi haqidagi ma’lumotlardan shuni ko‘rsatmoqda. Xusuan, “2019 yilda Xitoyning maxsus rejimli hududi bo‘lgan Gonkongda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalizatsiyasi hajmining YaIMdagi ulushi 1338,5 foiz bilan dunyoda yetakchi o‘rinni egallagan. 2019 yilda Saudiya Arabistonida ushbu ko‘rsatkich 303,5 foizni tashkil etgan. Ushbu davlatlarda boshqa yillarga nisbatan 2019 yilda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori kapitalizatsiyasi hajmi YaIMga nisbatan sezilarli darajada oshganligini ko‘ramiz”. Tahlilda ushbu davlatlarda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozori hajmining YaIMdagi ulushi yuqori hamda moliyaviy resurslarni iqtisodiyotga jalb etishdagi asosiy drayver ekanligini ko‘rsatmoqda.
Fond birjasi har qanday zamonaviy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, kapital, investitsiyalar va boylik yaratish uchun hal qiluvchi vosita sifatida ishlaydi. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida uning fond birjasining rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va moliyaviy barqarorligiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Respublikada so‘nggi yillarda muhim iqtisodiy islohot va o‘zgarishlar amalga oshirildi, bunda asosiy e’tibor liberallashtirish, xususiylashtirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etishga qaratildi. Bunday sharoitda fond birjasining roli tobora ortib bormoqda, u iqtisodiy salomatlik barometri va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi.
1994-yilda tashkil etilgan RFB dastlab aniq belgilangan huquqiy va me’yoriy bazaning yo‘qligi, bozor infratuzilmasining cheklanganligi va investorlar xabardorligining pastligi sababli ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Biroq, so‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida birja o‘z rivojlanishida sezilarli yutuqlarga erishdi. Hukumat tomonidan bozorning shaffofligi va samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni jalb qilish, mahalliy kompaniyalar listingini ilgari surish maqsadida turli islohotlar amalga oshirildi.
Ushbu ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, RFB hali ham bir qancha muhim muammolar va noaniqliklarga duch kelmoqda. Tez o‘zgaruvchan global moliyaviy landshaftda uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish juda muhimdir. Fond birjasining o‘sish salohiyati tartibga solish islohotlari, texnologik yutuqlar, investorlar ishonchi va mintaqaviy iqtisodiy dinamika kabi omillar bilan chambarchas bog‘liq.
Qolaversa, Toshkent Respublikasi fond birjasi oʻziga xos iqtisodiy va geosiyosiy jihatlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasi kontekstida ishlaydi. Respublikaning savdo yoʻllari chorrahasi sifatidagi strategik joylashuvi va uning ulkan tabiiy resurslari iqtisodiy kengayish imkoniyatlarini taqdim etadi, shu bilan birga mintaqaviy beqarorlik va global iqtisodiy noaniqliklar bilan bogʻliq muammolar ham mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-son “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 26-apreldagi 358-son “Fond birjasida aksiyalarning birlamchi va ikkilamchi ommaviy takliflarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil-28-yanvardagi Farmonida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida kapital bozorini rivojlantirish makroiqtisdiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, xususan, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish, mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish, Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026 yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish, xorijiy investitsion fondlarni kapital bozoriga keng jalb qilish maqsadida xalqaro qonunchilik va standartlarga mos keladigan davlat yoki korporativ obligatsiyalarini fond bozorlarida joylashtirish kabi vazifalar qo‘yilgan (PF-60, 2022)1.
2019-2022-yillarda oʻtkazilgan tahlillar natijasida “Toshkent” fond birjasida savdo qiluvchilar soni ortgani maʼlum boʻldi. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlari bozoriga sarmoya kirituvchi O‘zbekiston fuqarolarining ulushi, emitentlar, shuningdek, vositachi kompaniyalar soni va fond bozorining o‘zi aylanmasi yil sayin ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida, jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklari aksiyalariga (87,3%), qurilish materiallari tarmog‘iga mansub kompaniyalar aksiyalariga (5,7%) va sug‘urta kompaniyalarining (2,7%) aksiyalariga yuqori qiziqish bildirishgan.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqqan holda, mazkur dissertatsiya Toshkent Respublikasi fond birjasining rivojlanish istiqbollarini har tomonlama tahlil qilishga qaratilgan. Uning maqsadi birjaning hozirgi holatini o‘rganish, muammolar va imkoniyatlarni aniqlash, o‘sish strategiyalarini taklif qilish va rivojlanayotgan bozor birjalari bo‘yicha kengroq nutqqa hissa qo‘shishdir. Toshkent Respublikasi fond birjasining o‘ziga xos dinamikasiga oydinlik kiritib, ushbu tadqiqot siyosatchilar, bozor ishtirokchilari va investorlarga mintaqada iqtisodiy farovonlik va barqarorlikni ta’minlashga qodir bo‘lgan yanada jonli va mustahkam fond birjasi yo‘lidan borishi haqida ma’lumot berishi mumkin.


    1. Yüklə 1,16 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin