Investitsiyalar va moliya bozori


Tadqiqot ob’ekti va predmeti



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə6/23
tarix20.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#164447
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Toshkent fond birjasi

1.4. Tadqiqot ob’ekti va predmeti
Tadqiqot ishining ob’ekti sifatida Toshkent Respublika fond birjasining tarixiy faoliyati, me’yoriy-huquqiy baza, investor xatti-harakati va birja faoliyatiga oid davlat siyosati tashkil etadi.
Tadqiqot ishining predmeti “Toshkent Respublika fond birjasi”ning o‘zi va uning o‘sish va rivojlanish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy, siyosiy munosabatlardan iborat.
1.5. Tadqiqot natijalarining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati
“Toshkent” Respublika fond birjasi tarkibiy tuzilmasi va ishtirokchilari tasniflandi;
O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlari bozori faoliyatiga taʼsir etuvchi omillarning axamiyatlilik darajasi SWOT tahlil usuli orqali baxolangan;
xorijiy davlatlarda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanish amaliyotini qiyosiy tahlil qilish orqali ulardagi ijobiy jihatlardan mamlakatimiz uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda foydalanish imkoniyatlari borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiflar ishlab chiqilgan.
Ilmiy va nazariy qarashlar borasidagi qiyosiy yondashuvlar tahlili, jahon miqyosidagi tendensiyalar va xorijiy tajribani o‘rganish natijalari hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, shuningdek, berilgan takliflarning tegishli normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarga kiritilganligi, dissertatsiya tadqiqotlari natijalarining amaliyotda joriy etilishi bo‘yicha “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga asoslanganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ulardan O‘zbekiston “Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatini takomillashtirishga doir nazariy-metodologik hamda ushbu tizim faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda fundamental asos sifatida foydalanish mumkinligi va kelgusida mazkur yO‘nalish bO‘yicha ilmiy tadiqotlarni O‘tkazishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati “Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalarning «Toshkent» Respublika fond birjasi faoliyatida qO‘llanilishi, shuningdek O‘zbekistoda fond bozori rivojlanishiga hissa qo‘shishi bilan izohlanadi.


    1. Yüklə 1,16 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin