Investitsiyalar va moliya bozori


-rasm. 2023-yilning I yarim yilligi bo‘yicha savdolar hajmi va bitimlar soni.5



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə8/23
tarix20.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#164447
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Toshkent fond birjasi

2.1-rasm. 2023-yilning I yarim yilligi bo‘yicha savdolar hajmi va bitimlar soni.5
2023-yilning I yarim yilligida “Toshkent” RFB birja kotirovkalari varag‘idagi emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan 2,15 trln so‘mlik 134 773 ta bitim tuzildi.
Bitimlar obyektlari 94 ta emitentning 13,62 mlrd dona qimmatli qog‘ozlari bo‘ldi. Bitimlar hajmining eng yuqori nuqtasi fevral oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keldi, bu ko‘rsatkich bir savdo kunida 584,34 mlrd so‘mga yetgan; minimal ko‘rsatkich mart oyi o‘rtalarida qayd etilgan - 16 martdagi bitimlar hajmi 70,80 mln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.
Tuzilgan bitimlar soni bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich 4 may kuni 2 334 ta bitim bilan qayd etildi. Davr yakuniga ko‘ra, barcha platformalarda tuzilgan bitimlarning o‘rtacha kunlik soni 1 114 tani, o‘rtacha kunlik hajmi esa 17,76 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2.2-rasm. Bitimlar soni (dona) va hajmi (trln so‘m).6
2023-yilning I yarim yildagi bitimlar hajmi va sonini 2020-2022-yillarning xuddi shunday davrlari bilan solishtirganda, bitimlar sonining sezilarli darajada oshganini qayd etish joiz. 2023-yilning I yarim yilligidagi bitimlar soni ko‘rsatkichi yuqoridagi davrlarga nisbatan 4 baravardan ortiq oshdi. Savdolar hajmi bo‘yicha 2022 yilning 6 oyiga nisbatan 35,79 foizga pasayish kuzatildi. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilni hisobga olmaganda, bitimlar hajmining o‘sishida ijobiy tendentsiya kuzatilmoqda.

2.2. Emperik adabiyotlar sharxi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt arzon va qulay moliyaviy resurslarni jalb qilishga harakat qiladi. Bu o‘z navbatida ularning bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari va kuchli raqobatdosh bo‘lishlari uchun zamin yaratadi. Xususan, ushbu masala aksiyadorlik jamiyatlari uchun ham yechilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalardan biri bo‘lib sanaladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqa xo‘jalik sub’ektlaridan farqli jihatlari bo‘lib, bu jarayonda boshqa manbalardan tashqari ularda fond birjalariga aksiyalarini joylashtirish orqali moliyaviy resurslar jalb qilish imkoniyati mavjud. Dunyo mamlakatlari tajribasidan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda moliyaviy resurslarni jalb qilishning eng samarali va qulay yo‘li bo‘lib, emissiya qilingan aksiyalarni fond birjalariga joylashtirish orqali pul mablag‘larini jalb qilish hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, – “Yana bir muhim masala – yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim” (Sh.Mirziyoyev 2017)7. Demak, bugungi kunda fond birjalari faoliyati bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ularda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjalarida qancha faol ishtirok etishi, birjalarning rivojlanishiga hamda yangi investorlarning moliyaviy resurslarini jalb qilish imkoniyati yuzaga keladi. “Toshkent” Respublika fond birjasi respublikamizda qimmatli qog‘ozlar savdosini amalga oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi asosiy moliyaviy institut bo‘lib hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining “Toshkent” Respublika fond birjasidagi faoliyatining amaldagi holati xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Fond bozorlari faoliyati aksiyadorlik jamiyatlari uchun moliyaviy resurslar jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjalaridagi faoliyatini tadqiq qilish, shuningdek ular faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida iqtisodchi olimlar tomonidan qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Quyida bu haqda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
M.B.Xamidullin tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida aksiyadorlik jamiyatlarining fond bozorlaridagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, bunda aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion jozibadorlikni oshirish yo‘llari, kapital bozorida ularning faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan (2014) 8.
F.T.Muxamedovning ilmiy tadqiqot ishlarida qimmatli qog‘ozlar savdo tizimlari va ularni rivojlantirishga e’tibor qaratilib, bunda qimmatli qog‘ozlar savdo tizimlari rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, bu bo‘yicha amaldagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan (2012) 9.
S.E.Elmirzaev tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion jozibadorlikni oshirish, aniq bir kun holati bo‘yicha mamlakatimiz hududlari kesimida aksiyadorlik jamiyatlari soni va ular tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar miqdori, moliyaviy resurslarni jalb qilishda IPO (Initial public offering) operatsiyalarining ayrim xususiyatlari o‘rganilgan (2017)10.
K.Z.Xomitovning ilmiy tadqiqot ishlarida kompaniyalar qimmatli qog‘ozla-rini baholash va fond birjalariga joylashtirish, fond birjasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, loyihalarga sarmoya kiritish va daromadlilik masalalari tadqiq qilingan (2017) 11.
N.R.Tursunova tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga chiqariladigan korporativ obligatsiyalarning iqtisodiy mohiyati tadqiq qilingan, shuningdek, tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan va joylashtirilgan korporativ obligatsiyalar holati, fond birjasida korporativ obligatsiyalar aylanmasi holati tahlil qilish asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan 12.
X.X.Xudoyqulov tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda fond bozori aktivlarini baholash modellari, xususan kompaniya aksiyalarining fond bozorlaridagi daromadlilik darajasini baholash modellari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Natijada moliyaviy aktivlarni baholash (CAPM) modellari turlari va ulardan foydalanish xususiyatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqilgan 13.
A.A.Ibodullayev tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish “Toshkent” RFB misolida ko‘rib chiqlgan va O‘zbekistonda uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy izlashnishlarida verbal sharhlash, kuzatish, ilmiy abstraksiyalash, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil, induksiya va deduksiya uslublari, olib borilgan tadqiqot natijalarni bayon qilish, SWOT tahlil kabi usullardan foydalangan.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjalaridagi faoliyatini samarali tashkil etish, fond bozorlaridagi birlamchi va ikkilamchi bozorlarni rivojlantirish yuzasidan, fond bozori qimmatli qog‘ozlar savdosini samarali tashkil etishga qaratilgan mazkur ilmiy tadqiqot ishimiz mamlakatimizda shu sohada olib borilayotgan umumiy ilmiy tadqiqotlar mazmunini yanada boyitishga xizmat qiladi.



  1. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin