1
INVESTITSIYALAR VA ULARNI XUSUSIY SEKTORGA JALB ETISHNI
FAOLLASHTIRISH VA RAG‘BATLANTIRISH
Botirov Xasan,
Toshkent moliya institute magistranti
Annotatsiya.
Maqolada investitsiyalarning
nazariy jihatlari, jumladan
investitsiya,
investor, investitsion faollik tushunchalariga ta‟riflar berilgan.
Investitsiyalar
yordamida
yechilishi
mumkin
vazifalar sanab o‟tilgan.
O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun
yaratilgan shart-sharoitlar
bayon qilingan. Mamlakatimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va
kreditlar tahlil qilingan. Xususiy sektorga investitsiyalar kiritish hajmini oshirish
yuzasidan takliflar berilgan.
Kalit so’zlar.
Investitsiya, investor, investitsion faollik, investitsion
jozibadorlik, xususiy sektor, kredit.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan taraqqiy etishi, barqaror iqtisodiy
o„sishga erishishi,
aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining
yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga
jalb etilayotgan investitsiya mablag„larining hajmi va tarkibiga bog„liq. Shunday
ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
strategiyasining ustuvor
yo„nalishi milliy iqtisodiyotga investitsiya mablag„larini jalb etishning jozibador
muhitini shakllantirishga qaratilishi muqarrardir.
Yaqin
kelajakda
mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini
rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy jihatdan yuqori rivojlanish darajasiga
yetkazib olishni maqsad qilgan O„zbekiston uchun
respublikaning investitsion
jozibadorligini tadqiq etish, investitsiya mablag„larini ichki kapital resurslar hamda
xorijiy investitsiya va kreditlar asnosida ko„payishiga erishish bo„yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kundalik
hayotimizda
investitsiya,
investor,
investitsion
faollik
tushunchalari ko„p uchraydi.
Avvalo, investitsion faoliyatning eng muhim elementi «investitsiya»ning
mohiyati
va
mazmunini
aniqlab
olaylik. «Investitsiya» so„zi
ingliz
tilidagi
invetstments
so„zidan olingan bo„lib, «kapital qo„yilma» degan ma‟noni
bildiradi
1
.
Investitsiya (sarmoya) degani – daromad yoki foyda olish maqsadida
mablag„ni muayyan muddatga tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari (ob‟ektlari)ga
yo„naltirishni tavsiflaydi.
Shuni aytish lozimki, dunyo hamjamiyatining hozirgi taraqqiyot bosqichida
birorta ham mamlakat investitsiyalarsiz ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga erisha
olmaydi.
1
DominikRuderera,
GregorZöttl.
Transmission
pricing
and
investment
incentives.
//https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0957178718300547
2
Investitsiyalar yordamida quyidagi vazifalarni yechish mumkin:
Birinchidan,
ichki bozorda talabgor bo„lgan - import tovarlari o„rnini
bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni qurish, yangi ish
o„rinlarini shakllantirish imkonini beradi.
Ikkinchidan,
mamlakatda
faoliyat
ko„rsatayotgan
korxonalar
ishlab
chiqarishini kengaytirish va istiqbolli rivojlanishni ta‟min
etuvchi omil - milliy
korxonalarning xususiy kapital hajmini to„ldiradi.
Uchinchidan,
xususiy sektorda texnologik yangilanish amalga oshadi va
milliy sanoat ishlab chiqarishiga yangi texnika va zamonaviy uskunalar o„rnatiladi
va natijada jahon bozorida raqobatlasha oladigan milliy mahsulotlar ishlab
chiqarila boshlaydi.