Investitsiyalar va ularni xususiy sektorga jalb etishni


O‘zbekiston Respublikasiga asosiy kapitalga kiritilayotgan xorijiy



Yüklə 435,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.12.2023
ölçüsü435,34 Kb.
#173484
1   2   3
investitsiyalar va ularni xususiy sektorga jalb etishni faollashtirish

O‘zbekiston Respublikasiga asosiy kapitalga kiritilayotgan xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar dinamikasi (mlrd so‘mda)
4
 
5532,
7
6980,
1
8309,
5
10611
,4
17146
,5
31350
,0
4315,
5
5489,
4
5373,
3
5311,
3
12012
,0
10388
,2
xorijiy investitsiyalar va
kreditlar
Xususan, bunda to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalar asosiy ulushni egallaydi. 
Buning asosiy sababi xorijiy investorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga 
ishonchining ortganligi va respublikamizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan 
imtiyozlar va qulay investitsiya muhiti asosiy rol o„ynamoqda. Mustaqillikning 
dastlabki 
yillarida 
Respublikamiz 
iqtisodiyotiga 
kiritilayotgan 
xorijiy 
investitsiyalarning asosiy qismini hukumat kafolati ostidagi investitsiyalar tashqil 
qilgan. 
Aytish joizki, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta‟minlashda chet el 
kapital qo„yilmalari ichida to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar salmog„ining 
sezilarli darajada ulkan miqdorga ega bo„lishi ijobiy holat hisoblanadi. CHunki, 
3
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi “O„zbekiston Respublikasining 2019-
yilga mo„ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-4067-sonli Qarori.// 
Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 07/18/4067/2354-son 
4
Manba: O‟zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma‟lumotlari 



davlat kafolatisiz mamlakat iqtisodiyotiga investorlar kapital mablag„larini 
yo„naltirishlari ularning xususiy sektorda faoliyat yuritish natijasida kelib chiqishi 
mumkin bo„lgan barcha risklarni (tavakkalchiliklarni) o„z zimmalariga 
olganliklaridan dalolat beradi. 2018 yildagi barcha chet el investitsiyalarining 76 % 
ini to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalar ulushiga to„g„ri kelganligi, yana bir bor, 
mamlakatimizda qulay investitsiya iqlimi yaratilganligini ko„rsatib turibdi. 
Shu o„rinda, ta‟kidlash joizki, mamlakatimizning ichki iqtisodiyotida 
shakllangan jamg„arma mablag„larining miqdori mamlakat yalpi ichki mahsuloti 
hajmi va iste‟mol darajasiga bog„liqdir. Xorijiy mamlakatlar, xususan, yangi 
industrial davlatlar, Gonkong, Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan amaliyoti shuni 
ko„rsatmoqdaki, iqtisodiy o„sish darajasi 10 % dan yuqori ko„rsatkich qayd 
qilingan davrda mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar salmog„i yalpi 
ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 35-40 % ni tashkil etgan bo„lib, ularning 
sezilarli darajadagi hajmi ichki investitsiyalar ulushiga to„g„ri kelgan. 
Bir so„z bilan aytganda, mazkur davrda mamlakat fuqarolaridan boshlab, to 
milliy iqtisodiy sub‟eklarning barchasi “belbog„ni biroz tortib bog„lab” ish tutishni 
lozim topishgan, ya‟ni, iste‟mol qilish hajmini kamaytirishgan va jamg„armalar 
salmog„ini oshirilishiga o„z hissalarini qo„shishgan. 
2018 yil ma‟lumotlariga asosan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 
salmog„i YaIMga nisbatan 24,4 foizni tashkil etgan. Qayd etish lozimki, mazkur 
ko„rsatkich dunyo mamlakatlari miqyosida hisoblangan investitsiyalarning 
o„rtacha salmog„idan yuqoridir. 
Ammo mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish borasida strategik 
maqsadlarni belgilab olgan ekan, ularni amalga oshirish uchun xususiy sektorga 
investitsiyalar hajmini oshirish zarur bo„ladi. 
Buni, birinchidan, ichki investitsiyalar hajmini ko„paytirish, ikkinchidan,
 
tashqi investitsiyalarni xususiy sektorga jalb qilish negizida amalga oshirish 
mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, ichki iqtisodiyotda shakllangan jamg„arma 
mablag„larining miqdori YaIM va iste‟mol hajmi bilan cheklangan. 
Xususiy sektorga investitsiyalar hajmini, ichki investitsiyalar negizida 
ko„paytirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim: 

jamg„armalarni investitsiyaga aylantirish bilan bog„liq xususiy sektorda 
amal qiluvchi mavjud mexanizmni takomillashtirish; 

tijorat banklari tomonidan aholi qo„lida mavjud pul resurslarini, xoh u 
milliy, xoh u xorijiy valyutada bo„lsin jalb qilish va ularni tadbirkorlik 
sub‟ektlariga kredit mablag„lari sifatida berish; 

aholi qo„lida yig„ilgan pul mablag„larini “Toshkent” fond birjasi orqali 
investitsiya jarayoniga jalb qilish va hokazo. 
Ko„rinib turibdiki, ichki investitsiya mablag„larini xususiy sektorga yanada 
jadal jalb qilish, mamlakatimizda mavjud kapital resurslarni iqtisodiyot 
tarmoqlariga jalb qilish mexanizmini takomillashtirish bilan bog„liq bosqichni 
bosib o„tishni taqozo etadi, ya‟ni, birmuncha vaqtni talab qiladi. 



Xususiy sektorga investitsiyalar kiritish hajmini oshirishda ichki 
investitsiyalarga alternativ omil, bu faqat xorijiy investitsiyalar va kredit 
mablag„lari hisoblanadi. 
Shunday ekan, bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni xususiy sektorga jalb 
qilish bilan bog„liq mavjud barcha resurs va zahiralarni o„rganish va qaytadan 
ko„rib chiqish, chet el kapitalini milliy korxonalarga jalb qilish mexanizmini 
takomillashtirish borasida ish olib borish lozim bo„ladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi masalalarning ijobiy hal 
etilishi, xususiy sektorga yo„naltirilgan ichki va xorijiy investitsiyalar hajmining 
ortishiga, barqaror iqtisodiy o„sishni ta‟minlashga, pirovardida mamlakatimiz 
taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 435,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin