Investitsiyalar xisobi


Investitsiyalar xisobi va ivestitsiyalarni baholash



Yüklə 160,7 Kb.
səhifə3/9
tarix19.12.2023
ölçüsü160,7 Kb.
#185922
1   2   3   4   5   6   7   8   9
M.Mavlonbekova..

2. Investitsiyalar xisobi va ivestitsiyalarni baholash.

Investitsiyalar – iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’yektlariiga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga oid xuquqlar.


Investitsiya faoliyati – investitsiya faoliyati sub’yektlarning investitisiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari mavjud.
Investor – o’z mablag’larini, qarzga olingan jalb etilgan mablag’larni, mulkiy boyliklarrni va ualrga doir xuquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir xuquqlarni investitsiya faoliyati ob’yektlariga investitsiyalashni amalga oshirvchi investitsiya faoliyati ob’yekti.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi – investorning buyurtmalarni bajaruvhi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati sub’yekti.
Reinvestitsiyalar – investorning faoliyat natijasida olingan foydani (dadomadni) muomalaga kirirtish.
Investitsiyalar mo’ljallangan ob’yektiga ko’ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo’linadi.
Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy asosiy fondlarni asosiy fondlarni vujudga keltirish va takrok ishlab chiqarishga, shuingdek moddiy ishlab cchiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitisiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar – xo’jalik yuriituvchi sub’yekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo’ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar – muomala muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitisiyalar.
Uzoq muddatli investitsiyalar – qisqa muddati (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Ko’chmas mulkka investitsiya – investitsiya qiluvchi sub’yektning yoki investitsiya qiluvchi sub’yekt guruhiga kiruvchi boshqa sub’yektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer uchastkalariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Joriy qiymat – bir-biriga qaram bo’lmagan xabardor, sotib olishni hohlagan xaridor bilan xabardor, sotishni hohlayotgan sotuvchi o’rtasida aktiv alashtiradigan miqdor.
Bozor qiymati – aktivlar bozorida aniqlanadigan investitsiyalar miqdori.
Bozor – bozor qiymati (yoki bozor qiymatini aniqlashga imkon beradigan boshqa biror ko’rsatgich) aniqlanadigan aktivlar bozori mavjudligini bildiradi.
Moliyaviy vositasilari (instrumentlar) (financial intruments) – bu shartnoma, uning natijasida bir korxonada moliyaviy aktiv va boshqa korxonada moliyaviy majburiyat yoki ulash vositalari paydo bo’ladi.
Moliyaviy aktivlar – bu aktiv.

  1. pul mablag’lari;

  2. boshqa korxonlardagi ulush vositalari;

  3. shartnomada nazarda tutilgan xuquqlar

(I) pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy aktivlarni boshqa korxonalardan olish; yoki
(II) korxona uchun potentsial foydali shartlar asosida boshqa korxonalar bilan moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarni almashish; yoki
(d) o’z ulush vositalari bilan hisob kitob qilinadigan yoki yetkazib berilishi mumkin bo’lgan shartnoma, va
(I) hosilaviy vositalar bo’lmagan. Korxona oladigan yoki olishi mumkin bo’lgan o’z ulush vositalarining qanchadir miqdori; yoki
(II) hosilaviy vositalar, o’z ulush vositalarning qat’iy belgilangan miqdoini qat’iy belgilangan pul mablag’lari summasi yoki boshqa moliyaviy aktivlarga almashtirishdan ko’ra, ular bo’yicha hisob kitoblar boshqa usullar bo’yicha amalga oshiriladi yoki oshiriliahi mumkin.
Moliyaviy aktivlarga misol bo’lib, shartnoma bo’yicha kelgusida pul mablag’larini olish xuquqi, shu bilan birga shartnoma bo’yicha kelgusida pul mablag’larini berish tog’risidagi noliyaviy najburiyatlar hisoblanadi.
(a) savdo oberatsiyalari bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari;
(b) olinadigan yoki to’lanadigan veksellar;
(c) qarzlar bo’yicha debiStorlik va kreditorlik qarzlari; va
(d) obligatsiyalar bo’yicha deitorki va kreditorlik qarzlar.
Moliyaviy majburiyat – bu majburiyat.
(a) shartnomada tutilgan majburiyatlar
(I) boshqa korxonaga pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy aktivlar o’tkzaish; yoki
(II) korxona uchun potentsial foydali bo’lmagan shartlar asosida boshqa korxonalar bilan moliyaviy aktivalar yoki moliyaviy majburiyatlarni amalga oshiradi; yoki
(b) o’z ulush vositalari bilan hisob kitob qilinadigan yoki yetkazib berilishi mumkin bo’lgan shartnoma, va hisoblanadi
(I) hosilaviy vositalar bo’lmagan, korona oladigan yoki olishi mumkin bo’lgan o’z ulush vositalarining qanchadir miqdorini berish; yoki
(II) hosilaviy vositalar, o’z ulush vositalarning qat’iy belgilangan miqdorini qat’iy belgilangan pul mablag’lari summasi yoki boshqa moliyaviy aktivlarga almashtitishdan ko’ra, ular bo’yicha hisob kitoblar boshqa usullar bo’yicha amalga oshiriladi yoki oshirilishi mumkin.
Ulushli aktivlar – bu shartnoma, barcha majburiyatlarni ayrib tashlagandan keyin qolgan, sof aktivlarning qodiq ulushini tasdiqlovchi xuquq.
Investitsiyalarni baholash buxgalteriya hisobining ,,Moliyaviy investitsiyarni hisobga olish” deb nomlangan 12-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida amalga oshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chog’ida ular xarid qiymati bo’yicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun to’langan haq, bank xizmati uchun to’lovlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
Agar investitsiya aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa, u holda qiymati chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi, ya’ni qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatiga teng bo’lmaydi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u holda investitiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab topshiriladi.
Moliyaviy investitsiyalarni olingan paytgacha bo’lgan davr uchun foizlar ulushi, hisoblangan dividentlarni o’z ichiga olgan xarid qiymati bo’yicha xarid qilish xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar miqdorini chiqarib tashlab, xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Investitsiyalarning xarid qiymati bilan qarzga berilgan qimmatli qog’ozlarni to’lash iymati o’rtasidagi tafovut (dokumet yoki xarid qilish chog’ida mukofot tarzida berilgan mablag’) investor tomonidaninvestitsiyalar bo’yicha doimiy daromad bo’lishi uchun xarid qilingan paytdan boshlab qarz to’langan paytgacha hisobdan o’chiriladi.
Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida taklif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
1. Bozor qiymati;
2. Xarid qiymati va bozor qiymati kabi yakka qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olinishi kerak.
Agar qisqa muddatli investitisiyalar xarid va bozor qiymatlaridan eng kam baholanish bo’yicha hisobga olinadigan bo’lsa, balansdagi qiymati umuman barcha investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari yoxud alohida investitsiyalar qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari bo’yicha yohud alohida investitsiyalr asosida aniqlanadi.
1-misol
,,Alisher” korxonasi vaqtichalik bo’sh pul mablag’laridan bir yilgacha muddat ichida unumli foydalanishni ko’zda tutib, tez rivojlanib borayotgan boshqa korxonaning nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan 5000 dona aktsiyasining har birini 1200 so’mdan brokerlik tashkiloti orqali sotib oldi. Brokerlik tashkilatiga shartnoma summasining 5% miqdorida bank xizmati uchun 1% miqdorida haq to’ladi.
Pul mablag’lari o’tkazilganda quyidagi o’tkazma beriladi:
Dt Brokerlik tashkiloti (4890) 6300 000
Dt Bank xizmat (4890) 63 000
Kt Pul mablag’lari (5110) 6363 000
Investitsiyalar qabul qilinganda:
Dt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 6363 000
Kt Brokerlik tashkiloti (4890) 6300 000
Kt Bank xizmati (4890) 63 000
Agar korxona investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha baholasa, unda hisobda investitsiya qiymatining ko’tarilishini ham, pasayishini ham aks ettirish kerak. Faraz qilaylik, 1 mayda ushbu qimmatli qog’ozning haqqoniy qiymati 6400 000 so’m, 1 iyunda esa 6350 000 so’mgacha pasaygan.
1 may
Dt qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 37 000
Kt Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar (8510) 37 000
Qiymatni pasayishi 1 maydagi qayta baholash natijasini bekor qilib moliyaviy faoliyatdan zararga olib keladi.
1 iyun
Dt Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan zarar (9690) 13 000
Dt Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar (8510) 37 000
Kt Qisqa mudatli investitsiyalar (5810) 30 000
Agar korxona invesitsiyalarni xarid qiymati va bozor kabi ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olsa, 1 may kuni o’tkazma berilmaydi, qiymatni pasayishi esa quyidagicha hisibga olinadi:
1 iyun
Dt Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan zarar (9690) 13 000
Kt Qisqa muddatli investitsiyalar (5810) 13 000
Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya balansida:
1. Xarid qiymati bo’yicha;
2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo’yicha;
3. Xarid qiymati va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan eng kam bahosi bo’yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashning amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda barcha uzoq muddatliinvestitsiyarning balans qiymati kamaytiriladi. Bunday kamaytirish har bir moliyaviy qo’yilma bo’yicha aniqlanadi va tayorlanadi.
Uzoq muddatli investitisiyalar xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investtisiyalarning qiymati muqarrar kamayib brogan taqdirda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya bo’yicha alohida kamaytirilishi lozim. Bunday hollarda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan sub’yektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettiriladi.
Qisqa muddatli (joriy) investitisiyalarni bozor qiymati bo’yicha hisobga oluvchi ho’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatida investitsiyalr balans qiymatining kamayishi va ko’payishini quyidagicha aks ettiradi:
1. Daromad yoki xarajat sifatida;
2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalrni qayta baholash natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha baholash miqdori o’z sarmoyasiga qayta baholashdan kelgan daromad sifatida qo’shiladi. Moliyaviy investitisiyalr qiymati kamaygan taqdirda kamaytirish o’z sarmoyasida (xususiy kapitak) aks ettirilgan o’sha investitisiyalarni baholash qiymati hsiobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiylar qiymatini kamaytirih miqdori qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinishi lozim. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo’shimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zrar qoplangandan so’ng o’z sarmoyasi (xususiy kapital) ko’payishiga kiritiladi.



Yüklə 160,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin