Iqboljonova durdonaning pedagogoik mahorat fanidan



Yüklə 73,54 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü73,54 Kb.
#165298
1   2   3
O\'qituvchi pedagogik qobiliyatlarining asosiy sifa

Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal
qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo'lgan o'qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar
namoyon bo'ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro'y berayotgan kasbiy faoliyatga oid
yangiliklami dadil o'zlashtirish va targ'ib qilishni anglatadi, ya'ni uning asosida
g'oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning
haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va
bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida
tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o'qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yangi
nazariyalarni yaratadi, o'z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali,
layoqatli o'qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik
asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining
majmui insonning iste 'dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig'indisi.
iste'dodining yuksak cho'qqisi - uning intellektini belgilaydi. "ln^'lekt - bu aqlan
ish ko 'risk, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning
global qobiliyati" (Veksler),
ya'ni intellekt insonning atrof muhitga to'liq moslasha
olish qobiliyati deb qaraladi.
2. Pedagogik qobiliyat va uning o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyati.
Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli egallashi, shuningdek, uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan indvidual xususiyatlar yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u shubhasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomala)ga ega ekanligidan darak beradi.
O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq hamda o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa iste’dod va zehn, inson nerv sismavzusida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi.
Shaxs qobiliyati ikkita asosiy turga bulinadi :

  1. Maxsus qobiliyatlar.

  2. Umumiy qobiliyatlar.

Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘mog‘i va u rivojlantirilib borilmog‘i lozim:
1.Bilish qobiliyati – fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va b.) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2.Tushuntira olish qobiliyati – o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki muammoni aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba’zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsani o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.
3.Kuzatuvchanlik qobiliyati – o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish qobiliyati. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida, o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4.Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr hamda his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim.
5.Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi.
6.Obro‘ ortira olish qobiliyati – o‘quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosda emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va boshqalar asosida ham yuzaga keladi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifat majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va b.) o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini his etishga ham bog‘liqdir. O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Bo‘shang, laqma, irodasiz, prinsipsiz o‘qituvchilarni bolalar yoqtirmaydilar. Bolalar bilan to‘g‘ri muomala qila olish, do‘stlasha olish, ular bilan samimiy munosabat o‘rnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.
7.Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati – o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilish, o‘quvchining kelajakda qanday odam bo‘lishini tasavvur qilish. Ushbu qobiliyat bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo‘lib chiqishi oldindan bashorat qilib aytishda namoyon bo‘ladi (pedagogik diagnostika).
8.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qila olishi, safarbarli taraqqiy etgan bo‘lishi juda muhimdir.
9.Kommunikativ qobiliyat – kishilar bilan bo‘ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir-biri bilan til topib ishlashni ta’minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari, konstruktiv – o‘qituvchining o‘z ishini loyihalashi, rejalashtirishi, pertseptiv – idrok jarayonining ob’ektlarini birinchi bo‘lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya – boshqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat – o‘quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.
O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifatlarga, aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo‘lgandagina pedagogik kasbning yuqori pog‘onasiga ko‘tarila oladi. Bulardan tashqari o‘qituvchining irodasi, sabr-toqati, uning o‘z-o‘zini idora qilishi hamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati ham mavjud. Odam ob’ektiv dunyoni bilibgina qolmasdan, balki unga aktiv suratda ta’sir ham ko‘rsatadi. Odam o‘z maqsadi yo‘lida harakat qilib, har xil to‘siqlarga uchraydi. Bu to‘siqlarning bir xili hayot va mehnat sharoitiga, boshqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog‘liqdir.
To‘siqlarni yengish kishiga bilishning yangi ufqlarini ochib beradi, shu bilan birga, uning sharoitlarini va o‘z-o‘zini idora qila bilish kuchini qaror toptiradi.
Iroda odamning o‘z xatti-harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi. Odam irodasining ahamiyati jamiyat hayotida g‘oyat kattadir. Odamlar yuksak ma’naviy-irodaviy sifatlari bilan O‘zbekiston Mustaqilligini qo‘lga kiritdilar. Bugungi kunda katta-katta yutuqlarga erishmoqdalar.
O‘quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o‘qituvchining eng muhim vazifasidir. Shaxsning irodaviy xislatlari (sifat, xususiyat) maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqlarni yengish borasida odamning tajribada hosil qilgan o‘ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi, deb har xil irodaviy xatti-harakatlar va xususiyatlar yig‘indisiga aytiladi.
Harakatning maqsadga qaratilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning boshqa eng muhim irodaviy xususiyatlarini sanab ko‘rsatadigan bo‘lsak, ular:

  • tashabbus – o‘z xohishi bilan ish-amal qilish, xatti-harakat ko‘rsata bilish;

  • qat’iyatlik – ikkilanmasdan, har tomonlama o‘ylab qarorlar qabul qila olish va ularni izchil suratda amalga oshira bilish;

  • sabotlilik – qiyinchiliklarga qarshi kurashda g‘ayratni bo‘shashtirmasdan maqsad orqasidan doimo quva bilish;

  • dadillik – qo‘rqishga qarshi tura olish va qo‘yilgan maqsad yo‘lida o‘rinli tavakkalga bora olish;

  • ishchanlik – qiyinchiliklarga qaramasdan ishni oxirigacha yetkaza bilish.

Bolalar tayyor iroda bilan dunyoga kelmaydilar. Irodaviy o‘sishning eng xarakterli xususiyati aktivlik va mustaqillikdir.

Yüklə 73,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin