Qobiliyat va zehn.O‘qituvchining o‘z qobiliyatini rivojlantirib borishi. Zehn qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, nafas yo‘llarining, tovush paychalari va tomon ustki qismining tuzilishi o‘quvchida vokal qobiliyatlar, diktor, lektor bo‘lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zehn kurtak bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, har qanday zehn turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, pedagog murakkab sharoitni tezda o‘rganib olishi, to‘g‘ri javob yoki xatti-harakatni o‘z vaqtida topa bilishi, o‘z diqqatini bir ob’ektdan ikkinchi ob’ektga ko‘chira olishi mumkin.
Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zehnning mavjudligi muhimdir. Zehn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatga nisbatan ajoyib zehnli bo‘lishi mumkin, agarda sharoit bo‘lmasa, mana shu zehn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mana, mustaqil Respublikamiz o‘z huquqini qo‘lga olgandan so‘ng turli kasb egalari turli-tuman, yangi-yangi ixtirolar qilmoqdalar, qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (muzika, sport, olimpiada o‘yinlari va b.) namoyish etib kelmoqdalar. Zehnning rivojlanish sharti, bu – avvalo, faoliyat, ya’ni pedagog – tarbiyachi tomonidan bajariladigan, so‘ngra tobora mustahkamlanib boradigan, chuqur ijodiy faoliyatdir. Kishi o‘z zehnini mustahkamlash uchun juda ko‘p mehnat qilishi kerak bo‘ladi.
Maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi bevosita o‘qituvchi – tarbiyachi rahbarligida olib boriladi. O‘quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste’dod nishonalari zehnini hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo‘lishi bolaning favqulotda zehnga ega ekanligini ko‘rsatadi. Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko‘pincha, shu kishilarning hayot yo‘lini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib qo‘yamiz. Holbuki, shu odamlarning maslahati, qo‘llab-quvvatlashi shunday mashhur kishilar yetilib chiqqanligidan guvohdir.
Shaxs qobiliyati rivojlanishining yana bir sharti – ta’limning unumli mehnat bilan qo‘shib olib borilishidir. Ikkinchidan, qobiliyatlarning rivojlanishi bilim, ko‘nikma va malakalar egallash bilan bevosita bog‘langandir. Agar bola ma’lum yetarli bilimga ega bo‘lmasa, u har qancha harakat qilsa ham o‘z qobiliyatini yuzaga chiqara olmaydi. Demak, hayot yo‘lini aniqlab olish, iroda va xarakterni, o‘z-o‘zini tarbiyalab borish qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlat 1. Azizx jaeva N. N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006.
2. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. N. T. Omonov, N. - 2009.
3. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. T. : IQTISOD-MOLIYA, 2011.
4. Hikmatnoma. //T plovchi N. Eshonqulov. Toshkent: Ch lpon, 1992 3