7-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Tarkibida alkaloidlar bo’lgan dorivor o’simliklar
Dars maqsadi: Talabalarning tarkibida alkaloidlar bo’lgan dorivor o’simliklar (qizilcha, savrinjon, afsonak, mingdevona, bangidevona, achchiqmiya, isiriq, isfarak, katarantus va b.) to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot: Bangidevona (Datura stramonium) ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi. Ko’p yillik (o’stiriladigani bir yillik), bo’yi 60—150 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yashilroq yoki qizg’ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, fcheti bir oz o’yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo’lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo’lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi — ko’p urug’li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo’ng’ir rangli va tikanli ko’sakcha.
Meksika bangidevonasi iyul-oktabr oylarida gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab pishadi.
O’simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar o’lkasida, Qrimda va Moldova respublikasida o’stiriladi.
Kimyoviy tarkibi. O’simlikning hamma qismida (bargida 0,23—0,39%, poyasida 0,15—0,24%, ildizida 0,21—0,46%, mevasida 0,76—0,83%, urug’ida 0,83%) alkaloidlar bo’ladi. Asosiy alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38—0,55% va urug’ida 0,31—0,77% skopolamin bo’ladi. Mevadan skopolamindan tashqari giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan.
Dorivor preparati. Skopalamin gidrobromid. Skopalamin alkaloidining kamfora bilan hosil qilgan birikmasi aeron preparati tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |