Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə11/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Dorivor amaliy qismi (0)

Pushti katarantus (pushti bo’rigul) (Catharanthus roseus) kendirdoshlar Apacynaceae oilasiga kiradi. Tik o’suvchi yoki yoyilib o’suvchi, balandligi (uzunsimon) 30—60 sm li poyali, doim yashil buta. Poyasi silindrsimon, tuksiz yoki bao’zi formalarida tukli. Barglari ellipssimon yoki cho’ziq ellipssimon, to’q yashil, yaltiroq, qalin tekis qirrali bo’lib, qisqa bandi yordamida poya va shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Yirik, chiroyli, qizil-pushti rangli gullari 2—4 tadan poyaning yuqori qismidagi barglar qo’ltig’idan o’sib chiqqan. Gulqo’rgoni murakkab. Gulkosachasi besh bo’lakli, yashil rangli, gultojibarglari birlashgan, ba’zan oq, pushti va qizil rangli bo’lishi mumkin. Mevasi — qo’shbargcha.
Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda nam tropik yerlarda Indoneziyada (Yava orolida), Vetnam, Malayziya, Hindiston va va boshqa davlatlarda o’sadi. Ajariya respublikasining Qora dengiz bo’yida joylashgan Kobuletskiy“ sovxozida o’stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlik barglari u qiygo’os gullab, meva tuga boshlagan davrida yig’iladi. Buning uchun ikkinchi darajali novdalarni yerdan 10—15 sm balandlikda qirqib, 40—50°S da quritgichlarda quritiladi. So’ngra qurigan mahsulotni maydalab, yirik poyalardan ajratiladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibidagi indol unumi bo’lgan ikki guruhga kiruvchi 80 tagacha alkaloidlar bor: mononyerlar (aymalin, serpentin, loxnerin va boshqalar) hamda dimyerlar (vinblastin, vinkristin va boshqalar). Monomer alkaloidlari rauvolfiyani alkaloidlari singari organizmga ta’sir ko’rsatadi. Dimer alkaloidlari alohida diqqatga sazovordir. Ulardan 6 tasi yomon shishlarni — rak kasalligini davolash ta’siriga ega bo’lib, shulardan ikkitasi — vinblastin va vinkristin tibbiyotda qo’llanilmokda.

Alkaloidlardan tashqari, mahsulotda yana oksikarbon kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bor.
Dorivor preparat. Rozevin sulfat (vinblastin sulfat) (ampulada va shisha idishda quritilgan holda chiqariladi), vinkristin sulfat (shisha idishda quritilgan holda ampuladagi erituvchi bilan birgalikda chiqariladi).



Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin