Ishning bajarilishi:
Isiriqdan qaynatma tayyorlash uchun uning quritilgan yer ustki qismlari havonchada maydalanadi. Ogo’zi yopiladigan idishga 200 ml suv quyib, ustiga bir choy qoshiq isiriqning maydalangan yer ustki qismlaridan solinadi va biroz qaynagach, 2 soat davomida damlab qo’yiladi. Keyin dokadan suzib olinadi.
Na’matakdan foydalanish usullari.
Na’matak (Rosa canina) turlari Rao’noguldoshlar Rosaceae oilasiga mansub, bo’yi 1,5-3 m, Ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvcha bo’lib, yaltiroq, qo’ngo’ir-qizil yoki qizil-jigarrang po’stloq bilan qoplangan. Barglari toq patli murakkab, 5-7 ta tuxumsimon, arrasimon qirrali bargchalardan tashkil topgan bo’lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o’rnashgan. Yirik, qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbo’y, besh bo’lakli gullari 2-3 tadan shoxchalarda joylashgan. Shakli va rangi turlicha, shirali, gul o’rnidan hosil bo’lan soxta mevalarga ega.
Aprel-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Na’matak turlari O’rta Osiyoning hamma respublikalaridagi o’rmonlarda, tekisliklarda, tog’-cho’l tumanlarida, to’qaylarda, tog’larning etaklari, o’rta va yuqori qismlarigacha quruq toshloq yonbago’irlarda, yongo’oq va archazorlarda, bogo’larda va boshqa yerlarda o’sadi.
Qo’llaniladigan qismi. Soxta mevasi. O’simlikning mevasi avgust oyining oxirlaridan boshlab, kech kuzgacha yigo’iladi. Sovuq urgan mevalarida vitamin C miqdori kamayib ketadi. Yig’ilgan mevalar tezda ochiq havoda quyoshda yoki 80-90 C li pechlarda quritiladi. Ba’zan na’matak mevasi quritilmasdan dorivor preparatlar olish uchun to’g’ridan-to’g’ri farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Quritilgan mevalarini ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushirib yuboriladi.
18-rasm. Na’matak (Rosa) turlari guli va mevasining tashqi ko’rinishi
Kimyoviy tarkibi. Mevasi tarkibida 4-6%, Ba’zan 15% gacha vitamin C, vitamin B2, P, E va K, 12-27% karotin, 29% gacha organik (limon, olma va boshqa) kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7% gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi moddalar, urug’ida moy va boshqa birikmalar bor.
Dostları ilə paylaş: |