Ishning borishi:
Dorivor o’simliklarni yig’ib olish sharoitlari, vaqtlari va usullarini o’rganish uchun ularning qaysi organi dorivor mahsulot hisoblanishi bilan tanishiladi.
Ularda biologik faol moddalar miqdorining qanday o’zgarishiga ahamiyat qilinadi.
Uy sharoitida damlama va qaynatma tayyorlashni amaliy mashg’ulot davomida amalda tayyorlab ko’riladi.
10-amaliy mashg’ulot Mavzu:Yer ostki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o’simliklar
Dars maqsadi: Talabalarning yer ostki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o’simliklar to’g’risidagi maruza darsida olgan bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Talabalarda darsga bo’lgan qiziqishni kuchaytirish va maso’uliyat hissini shaklantirish.
Umumiy ma’lumot:Yer ostki qismlari dorivor mahsulot beradigan o’simliklarga misol qilib yorongul (Geranium collinum Steph.), yetmak (Acanthophyllum CAM) va otquloqni (Rumex confertus Willd.) ko’rsatish mumkin. Bu o’simliklarning barchasi O’rta Osiyoda uchraydi.
Yorongul Yoronguldoshlar — Geraniaceaeoilasiga mansub, bo’yi 15-60 sm ga yetadigan ko’p yillik o’simlik. Xalq tabobatida ishlatiladigan yer ostki qismlari — ildizpoyasi va ildizi kech kuzda, mevasi yetilib to’kilgandan keyin yoki erta bahorda kavlab olinadi, suv bilan yuvib, tuproq va loydan tozalanadi va ochiq havoda, quyoshda quritiladi.
Yorongul ildizpoyasi va ildizida 23,5% gacha oshlovchi va boshqa moddalar, bargida 29,6-45,7 mg% vitamin C bor. O’simlikning yer ostki qismidan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida ich ketish va boshqa meo’da-ichak kasalliklarini hamda turli qon oqishlarni (tuqqandan keyin qon ketishi, qon tupurish, ichdan qon ketishi va boshqalarni) to’xtatish uchun qo’llaniladi.
Yetmak Chinniguldoshlar — Caryophyllaceae oilasiga mansub, bo’yi 80 sm gacha yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Uning A. glandilosum Bge., A. gypsophyloides Rgl. va A. paniculatum deb nomlangan uch turining ildizi o’simlik gullab bo’lgandan keyin kavlab olinadi va quyoshda quritiladi.
Yetmak (bo’ritikan) Acanthophyllum gypsophiloides turlarining ildizi tarkibida 10-30% triterpen saponinlar va boshqa moddalar bor. Uning ildizi balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida bronxit, nafas yo’llarining boshqa kasalliklarida qo’llaniladi. Undan toza saponinlar olinadi. Bu o’simlik ildizidan oziq-ovqat, yengil sanoatda hamda xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida keng miqyosda foydalaniladi. Yetmak ildizi ko’pirtirish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun undan uzoq vaqtlardan beri nisholda va turli xil holvalar tayyorlashda foydalanib kelinadi.
Otquloq Torondoshlar - Polygonaceae oilasiga mansub, bo’yi 60-150 sm bo’ladigan ko’p yillik o’t o’simlik. Uning ildizi kuzda - yer ustki qismi qurigandan keyin kavlab olinadi, tuproqdan tozalanadi, suv bilan yuviladi va mayda bo’laklarga bo’lib, ochiq havoda - quyoshda quritiladi.
Ildizi tarkibida 4% gacha antratsen hosilalari 8-15% oshlovchi moddalar, flavonoidlar, 0,19% efir moylari, smolalar, vitamin K va boshqa moddalar bor. Ildiz qaynatmasi va kukuni dizenteriya, kolit, enterokolit va boshqa meo’da-ichak kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Otquloq dorivor preparatlari kichik dozada ich qotirish, katta dozada ich yumshatish xususiyatiga ega.