Ishning borishi:
1-amaliy ish: Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga ega (atropindan farqi). Shuning uchun skopolamin gidrobromid ba’zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qo’shib, teri ostiga yuboriladi. Bundan tashqari, asab kasalliklarini davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, qusishni to’xtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida) qo’llaniladi.
2-amaliy ish: Katarantus dorivor preparatlari bao’zi rak kasalliklarini (limfogranulematoz, gematosarkoma, miyelomada rozevin-vinblastin hamda neyroblastoma, leykoz, Vilson shishi, melanoma, ko’krak sut bezi raki va boshqa shishlarda, vinkristin) davolashda qo’llaniladi. Bu preparatlar sitotoksik (rak hujayralarini o’ldirish) ta’siriga ega.
8-amaliy mashg’ulot
Mavzu Tarkibida glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar
Dars maqsadi: Talabalarning tarkibida glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar to’g’risidagi bilimlarini boyitish, ulardan to’g’ri foydalanish usullarini o’rgatish, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
Umumiy ma’lumot:
Ortosifon, buyrak choy (Orthosiphon stamineus) yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko’p yillik, bo’yi 1—1,5 m ga yetadigan doim yashil yarim buta yoki buta. Poyasi bir nechta, to’rt qirrali, asos qismi yogo’ochlangan bo’lib, pastki qismi to’q binafsha, yuqori qismi yashil-binafsha yoki yashil, bo’g’imlari esa binafsha rangga bo’yalgan. Bargi oddiy, bandi bilan poyada butsimon shaklda qarama-qarshi o’rnashgan. Gullari halqaga o’xshash to’planib, shingilsimon to’pgulni tashkil etadi. Guli qiyshiq, och binafsha rangli. Gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, ikki labli, gultojisi ham ikki labli, otaligi 4 ta, onalik tuguni to’rt bo’lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi — 1—4 ta yongo’oqchadan iborat. Iyul-avgust oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Vatani Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik rayonlari. U yovvoyi holda Indoneziyada (Yava, Sumatra va Borneo orollarida), Birmada, Filippinda va Shimoliy-Sharqiy Avstraliyada o’sadi. Bir yillik o’simlik sifatida Gruziyaning subtropik tumanlarida o’stiriladi. O’simlik qishda oranjereyada saqlanadi. Erta bahorda undan 2 ta bargli novdachalar kirqib olinadi va oranjereyada ko’chat qilib o’tqaziladi. May oyida esa bu ko’chatlar ochiq yerga o’tqaziladi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida triterpen saponinlar, m-inozit, achchiq ortosifonin glikozidi, 1,5% gacha vino, limon va boshqa kislotalar, 0,2—0,66% efir moyi, 5—6% oshlovchi va boshqa moddalar hamda ko’p miqdorda kaliy tuzlari bo’ladi. Saponinlardan birining anglikoni — sapofanin a-amirin ekanligi aniqlandi.
Dorivor preparati. Damlama.
Dostları ilə paylaş: |