Iqlimlashtirilgan dorivor o’simliklardan xalq tabobatida foydalanish Rozmarin va tog’ jambildan foydalanish usullari



Yüklə 105,39 Kb.
səhifə16/23
tarix23.06.2023
ölçüsü105,39 Kb.
#134723
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Dorivor amaliy qismi (0)

Ishning bajarilishi:Yer osti qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o’simliklar haqida olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish uchun amaliyot darsida ularning gerbariysidagi poyasi, shoxlari, novdalari hamda barglariga e’tibor beriladi.


11-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Yer ustki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan
dorivor o’simliklar


Dars maqsadi: Talabalarning yer usti qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan dorivor o’simliklar to’g’risidagi maruza darsida olgan bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko’nikmalarini shakllantirish.
Umumiy ma’lumot: Yer ustki qismlari dorivor mahsulot beradigan o’simliklarga misol qilib na’matak (Rosa L.), sebarga (Trifolium pratense L.) va kiyiko’tni (Ziziphora pedicellata Pazij.) ko’rsatish mumkin. Bu o’simliklarning barchasi O’rta Osiyoda uchraydi.
Na’matak Ra’noguldoshlar — Rosaceae oilasiga mansub, bo’yi 1,5-3 m, ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Xalq tabobatida soxta mevasi ishlatiladi. O’simlikning mevasi avgust oyining oxirlaridan boshlab, kech kuzgacha yig’iladi. Sovuq urgan mevalarida vitamin C miqdori kamayib ketadi. Yig’ilgan mevalar tezda ochiq havoda quyoshda yoki 80-90 C li pechlarda quritiladi. Ba’zan na’matak mevasi quritilmasdan dorivor preparatlar olish uchun to’g’ridan-to’g’ri farmatsevtika zavodlariga yuboriladi. Quritilgan mevalarini ishqalab, kosachabarg qoldiqlari tushirib yuboriladi.
Mevasi tarkibida 4-6%, ba’zan 15% gacha vitamin C, vitamin B2, P, E va K, 12-27% karotin, 29% gacha organik (limon, olma va boshqa) kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7% gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi moddalar, urug’ida moy va boshqa birikmalar bor.
Na’matakning mevasi turli vitaminlar saqlovchi polivitaminli mevalarga kiradi. Yuqori vitaminli turlari (Roza beggeriana Schrenk. va Rosa fedtschenkoana Rgl.) avitaminoz kasalliklarini davolash va ularning oldini olish uchun qo’llaniladi. Urug’idan olinadigan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti — karatolin kuyganni, tropik yaralarni, ekzema, teri kasalliklarini, yarali kolit va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Na’matak turlarining bao’zilaridan vitaminli konsentratlar, sharbat tayyorlanadi, vitamin C (askorbin kislota) olinadi, quruq mevasidan tabletka tayyorlanadi. Bu dorilar avitaminoz kasalligini davolashda va uning oldini olishda ishlatiladi. Askorbin kislota ko’pgina kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Vitamin C kamroq bo’ladigan na’matak turlaridan itburun nao’matagi (mevasi tarkibida 0,2-2,2% gacha vitamin C bo’ladi, xolos) mevasidan tayyorlangan xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit va boshqalarni) davolash uchun ishlatiladi.
Sebarga (Trifolium) Dukkakdoshlar — Fabaceae oilasiga mansub, bo’yi 25-50 sm gacha yetadigan ko’p yillik o’t o’simlik. Xalq tabobatida sebarganing yer ustki qismlari va guli ishlatiladi. O’simlik gullagan vaqtda uning yer ustki qismlari yoki ayrim gullari yig’iladi va soya yerda quritiladi.
O’tloq sebargasining yer ustki qismlari tarkibida C va B guruhidagi vitaminlar, karotinoidlar, kumarinlar, 2,7% flavonoidlar (trifolin, izotrifolin, kversetin, izokversetin, kempferol, izoramnetin), 4,5% qandlar, 0,36% antotsianlar, salitsilat va boshqa organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Uning guli va yer ustki qismlaridan tayyorlangan qaynatma va damlamasi xalq tabobatida astma, ko’kyo’tal, ko’krak qisishi, kamqonlik, gipertoniya, bezgak, meo’da yarasi, kuygan yerlarni, xavfli shishlarni va shamollashni davolash uchun hamda balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi va antiseptik dori sifatida qo’llaniladi.

Yüklə 105,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin