32
IQTIDORLI BOLALAR BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASINI
TAKOMILLASHTIRISH
Boqiyeva Nozimaxon
2-kurs magistranti
Ilmiy rahbar: ADPI katta o‘qituvchisi
PhD. Qodirova Buzulayho Turg‘unovna
Annotatsiya: Maqolada iqtidorli o‘quvchilarni erta aniqlash va iqtidorini ro‘yobga
chiqarishning maqsad va vazifalari hamda omillari, jarayonlari haqida fikr-mulohazalar
keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtidorli o‘quvchi, yosh izlanuvchi, ta’lim jarayoni, omil, boshqaruv
faoliyati, iqtidor, ilmiy.
KIRISH
Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarishda jahon
miqyosidagi buyuk kashfiyotlarni jamiyatimizning negizini tashkil etadigan buyuk
allomalarimiz merosiga tayangan holda bugungi zamon talabalaridan kelib chiqib, xalq
farovonligiga xizmat qiladigan buyuk kashfiyotlar yaratish ko‘nikma va malakalarini hosil
qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
Bilimli, iqtidorli bola nafaqat o‘zining, balki xalq, millatning ham kelajagini
belgilaydi. Iqtidorli yoshlar O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy
taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashini ta’minlovchi
muhim omil hisoblanadi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Shu o‘rinda «Iqtidorli yoshlar kimlar?» degan savol paydo bo‘ladi. «Iqtidor» arabcha
«qodir bo‘lmoq», «qila olmoq», shaxsning ijodiy xususiyati va aqliy faoliyatini
anglatadigan tushuncha, shuningdek, iqtidorli yoshlar maqsadga intilish, qat’iyatlilik va
mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagining
kuchliligi bilan ajralib turadilar. Iqtidorli o‘quvchilarni izlash, aniqlash va tarbiyalashning
33
asosiy maqsadi respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual
salohiyati bor yoshlarni tayyorlash, yordam berish, iste’dod sohiblariga bilimning tegishli
sohalari va fanning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va
rivojlantirish hamda ulardagi noyob iste’dodni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar
yaratishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar
shaxsining rivojlanishi, ularning qiziqishlari, iqtidorlarini ro‘yobga chiqishi, mustaqil bilim
olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratish lozim. Shuning uchun ham
davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’lim muassasalarining iqtidorli
o‘quvchilari maxsus psixologik va pedagogik test o‘tkazish orqali aniqlanadi. Bunday
o‘quvchilarni maqsadli hayotga yo‘llashda ta’lim muassaslarining vazifalari quyidagilardan
iboratdir:
iqtidorli o‘quvchilarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishi va qobiliyatlarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
malakali o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan individual (yakka tartibda)
ishlashga safarbar qilish;
ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy jamiyat ishlariga iqtidorli
o‘quvchilarni keng jalb etish;
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda maktabda iqtidorli o‘quvchilar haqidagi
ma’lumotlar banki va ularni doimiy tashxislash monitoringini shakllantirish;
ular bilan ishlashning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini aniqlash;
oliy ta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida faoliyat
yuritayotgan yetuk mutaxassislar bilan hamkorlik qilish [1].
Dostları ilə paylaş: |