“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-2, November - 2022 121 1993-2003 yillarda Yaponiya hukumati O`zbekistondagi tashkilot va
muassasalarda (iqtisodiyot, telekommunikatsiya, turizm, transport infratuzilmasini va
boshqa sohalarda) ishlashi uchun 150dan ortiq ekspertlar jo`natdi. Bundan tashqari
respublikaning turli vazirlik va muassasalaridan 500 ga yaqin mutaxassislar
Yaponiyaning ishlab chiqarish korxonalarida amaliyotni o`tab qaytishdi.
Хitoy Хalq Respublikasi bilan O`zbekiston o`rtasidagi o`zaro foydali
hamkorlikning asosiy yo`nalishlari 1992 yil mart, 1994 yil oktyabr, 1999 yilning
noyabrida
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimovning
Хitoyga,
shuningdek, 1994 yilda ХХR Bosh Vaziri Li Penning, 1996 yilning iyulida ХХR
rahbari Tszyan Tszeminning O`zbekistonga rasmiy tashriflari chog`ida aniqlab olindi.
O‘zbekistonning Xitoyga eksporti ortmoqda, biroq eksportning asosiy qismini
hozircha strategik xom ashyo: tabiiy gaz, uran, mis, paxta va mineral o‘g‘itlar tashkil
qilyapti. Ushbu tovarlar orasida eng muhim o‘rinni tabiiy gaz egallaydi,
Tabiiy gaz bo‘yicha 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama oldi-sotdi shartnomaga ko‘ra, XXRga uni yetkazib berish 25 yilga mo‘ljallangan. O‘tgan yil oktyabrida O‘zbekistonda Xitoyning “Alibaba” savdo platformasini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtirilgan edi. O‘zbekistonning
bir qandolatchilik
kompaniyasi ushbu platforma bilan birinchilardan bo‘lib 3 million AQSh dollarilik
eksport shartnomasini imzoladi.
Savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish maqsadida 2020 yil oktyabrida O‘zbekiston
Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochdi. U O‘zbekiston Respublikasining Xitoy
Xalq Respublikasidagi bunday shakldagi ikkinchi vakolatxonasidir, ilk vakolatxona
Shanhay shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tomonlar bosh konsullik ochilishi ikki
mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishini,
O‘zbekiston viloyatlari bilan Xitoyning janubiy viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi
oshishini kutmoqda.
Xitoy O`zbekiston iqtisodiyotiga eng ko`p investitsiya kiritayotgan
davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 700dan ziyod
kompaniya va korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan yillar davomida Xitoylik
sarmoyadorlar O`zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 7.8 milliard dollr miqdorida
investitsiya kiritgan.
2016-yil yakunlari bo`yicha o`zaro savdo aylanma hajmi 4.2 milliard dollrni
tashkil qildi. Xitoy bozorida O`zbekistonda ishlab chiqarilagan to`qimachilik
mahsulotlari, plastmassa buyumlar, qishloq xo`jaligi va boshqa tovarlarga talab kata.
O`zbekiston Respublikasi Prezdentining 2017-yil 11-maydagi XXR tashrifida
hukumatlararo texnikaviy hamkorlik to`g`risidagi, xalqaro avtomobil qatnovi
to`g`risidagi bitimlar, umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, sog`liqni