Iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 76,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü76,7 Kb.
#208964
1   2   3   4   5   6   7
118-124

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-21, Issue-2, November - 2022
 
120
bilan Yaponiya hukumati o`rtasida imzolangan bitimlarga O`zbekistonning xuquqiy 
vorisligi haqida maktublar almashinuvi”, shuningdek, “O`zbekiston va Yaponiya 
o`rtasida do`stona, strategik sheriklik va hamkorlik to`g`risida qo`shma bayonot”lar 
imzolandi. Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlanib borishida 1994 yilda tuzilgan 
iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbek-Yapon va Yapon-O`zbek qo`mitalari muhim rol 
o`ynamoqda. 
Respublikaga muntazam ravishda Yaponiyaning nufuzli parlament vakillari, 
ishbilarmon doiralari va siyosiy partiyalarning rahbarlari tashrif buyurmoqda. 
Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish uchun moliyaviy hamkorlik 
to`g`risida, neft-gaz va to`qimachilik sanoat tarmoqlarini, mineral xom-ashyo 
bazalarini 
rivojlantirish 
bo`yicha 
investitsion 
seminarlar, 
konferentsiyalar, 
prezentatsiyalarni tashkillashtirmoqda. Yaponiyaning iqtisodiyot, savdo va sanoat, 
hamda moliya vazirliklari bilan birgalikda doimiy ravishda moliyaviy va texnik 
hamkorlikni kengaytirish masalalari bo`yicha konsultativ yig`ilish va davra suhbatlari 
o`tkazilmoqda. O`zbekistonda Markaziy Osiyoda yagona bo`lgan xalqaro hamkorlik 
bo`yicha Yaponiya agentligi va tashqi savdo tashkilotlarining vakolatxonalari ochildi. 
Toshkent shaxrida esa O`zbek-Yapon markazi o`z faoliyatini olib bormoqda. Yapon 
bog`i ochilgan. Toshkentda hozirgi kunda Yaponiyalik investorlar ishtirokida tuzilgan 
19 ta yirik Yapon kompaniyalar akkreditatsiya qilingan, 8ta qo`shma korxona ishlab 
turibdi. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik rejalarini amalga 
oshirishda muhim rol o`ynovchi Yaponiyaning moliyaviy-iqtisodiy yordamiga ustuvor 
ahamiyat berilmoqda. O`z navbatida Yaponiya ham O`zbekistonga Markaziy 
Osiyodagi vaziyatga katta ta’sir ko`rsata oladigan mintaqaviy yirik davlat sifatida 
qaraydi. Hozirgi kunda ikki davlat o`rtasida savdo soxasida mumkin qadar qulaylik 
berish rejimi o`rnatilgan. 
O`zbekiston va Yaponiyaning iqtisodiy hamkorligi keyingi yillarda barqaror 
rivojlanib bormoqda. O`tgan yillar davomida respublikaga keltirilgan moliyaviy 
vositalarning umumiy hajmi 1,563 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Хalqaro 
hamkorlik sohasida Yapon banki (JBIC) tijoriy kreditlari orqali respublikaning 
yoqilg`i-energetika va to`qimachilik komplekslarida umumiy summasi 721,1 mln. 
AQSh dollariga teng bo`lgan 8 ta investitsion loyihalarni moliyalashtirdi. Bundan 
tashqari JBIC orqali “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi orqali O`zbekistonga 
telekommunikatsiya, transport infrastrukturasi, energetika va maorif sohalari bo`yicha 
umumiy summasi 721,7 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 7ta loyihani amalga oshirish 
uchun imtiyozli shartlar bilan davlatning yena kreditlari berildi. Beg`araz va 
insonparvarlik yordamlari bo`yicha esa sog`liqni saqlash, maorif, transport va 
madaniyat sohalariga umumiy summasi 130,83 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 
resurslar Yaponiya tomonidan ajratildi. 



Yüklə 76,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin