Iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 76,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü76,7 Kb.
#208964
1   2   3   4   5   6   7
118-124

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-21, Issue-2, November - 2022
 
123
Ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy hamkorligning muhim yo`nalishlaridan biri – 
mehnat resurslari migratsiyasi va malakali kadrlar tayyorlash tizimidir. O`zbekiston va 
Janubiy Koreya o`rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomalar doirasida 2007-2016-yillar 
davomida Janubiy Koreya mehnat bozorida o`zbekistonliklarning ishtiroki 25.5 ming 
kishidan ortiqni tashkil etgani holda, 2016-yil holatiga 16.9 ming kishi Janubiy 
Koreyada ishlashni davom ettirganlar.
O`zbekiston Malayziya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Fors ko`rfazi 
davlatlari kabi bir qator Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan, Yaqin va O`rta 
Sharq mamlakatlari bilan ham savdo iqtisodiy munosabatlarni olib bormoqda. 
O`zbekiston uchun o`tgan 10 – 15 yillar MDH davlatlari bilan ikki va ko`p tomonlama 
shartnomaviy munosabatlar doirasida teng va o`zaro foydali hamkorlik qilish uchun 
katta imkoniyatlar mavjudligidan darak bermoqda. Bunday hamkorliklar asosida 
nafaqat xududiy yaqinlik va iqtisodiy bog`liqliklar, balki chuqur tarixiy ildizlar, 
madaniy – ma’naviy aloqalar, yirik tarixiy davrlar mobaynida xalqlarning umumiyligi 
yotadi. 
Jahon iqtisodiyotida MDH davlatlari O`zbekistonning asosiy savdo – iqtisodiy 
hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ularning hissasiga Respublika tashqi savdo hajmining 
30%dan ortig`i to`g`ri keladi. O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar 
ayriboshlashi asosan, tenglik va o`zaro foydali tamoyillarga asoslangan. MDH 
mamlakatlari ichida O`zbekistonning yirik savdo hamkorlari bo`lib, Rossiya 
Federatsiyasi, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi. 
O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo 
aylanmasining 30%i mintaqa davlatlariga to`g`ri keladi. 1999 yildan buyon mintaqa 
davlatlari o`rtasida tovar ayirboshlash tobora o`sib borayotganligini ko`rishimiz 
mumkin. Agar 1999 yilda mamlakatimizning mintaqa davlatlari bilan tovar 
ayirboshlashi 525 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo`lsa, 2002 yilga kelib u 568 mln. 
AQSh dollarini tashkil etgan edi. 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bo`lgan o`zaro savdoda O`zbekiston asosan 
ijobiy saldoga ega. 2002 yil natijalariga ko`ra tovar ayirboshlashning ko`proq qismi 
Qozog`istonga tegishli (263,3 mln AQSh dollari) bo`lib, uning boshqa davlatlar bilan, 
jumladan Tojikiston bilan 116,9 mln. AQSh dollarini, Qirg`iziston – 111,6 mln AQSh 
dollarini, Turkmaniston – 76,3 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 
2022-yil yanvar-mart natijalariga ko`ra MDH mamlakatlaridan import ulushi 
37.1 foizni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 3 foizga kamaydi. 
2022-yilning yanvar-mart oylarida MDH mamlakatlariga 1210.6 mln. AQSH 
dollrli qiymatidagi Tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 21 foizini 
tashkil etdi. 



Yüklə 76,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin