Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Markaziy bank
Tijorat banklari
BANK
Bank:
— pul va qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi;
— aholi va firmalar mablag‘larini saqlab beradi;
— aholi va firmalarga ma’lum foiz evaziga qarz beradi
— turli qimmatbaho buyumlarni saqlab beradi; 
— boshqa davlatlar pullarini sotib oladi va sotadi;
— qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi;
— to‘lov va hisob-kitob ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. 
Bank o‘ziga xos umumiy jamg‘arma bo‘lib, aholi qo‘lida “ishlamay yotgan” 
pullarni “ishlashga” majbur qiladi. Jamg‘arilgan pullarni, pulga muhtoj bo‘lgan 
tadbirkorlarga ma’lum foiz evaziga qarzga beradi. Tadbirkorlar esa, o‘z navbatida, 
bu pullarni ishlab chiqarishga sarflab, iqtisodiy ne’mat yaratadi. Shu tariqa, bank 
iqtisodiyotning rivojiga hissa qo‘shadi.
BANK TIZIMI
Odatda, banklar ikki turga bo‘linadi: markaziy bank va tijorat banklari. 
Markaziy va tijorat banklari birgalikda mamlakatning ikki pog‘onali bank tizimini 
tashkil qiladi. Markaziy bank davlatga qarashli bo‘lishi ham, qarashli bo‘lmasligi 
ham mumkin. Markaziy bank davlatga qarashli bo‘lgan holatda, unga davlatning 
asosiy banki sifatida davlat ahamiyatiga ega huquq va vazifalar yuklatiladi. Markaziy 
bank quyidagi vazifalarni bajaradi:
— mamlakat milliy valutasini va qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi; 
— mamlakatda pul muomalasini tartibga solib, muomaladagi pul miqdorini 
nazorat qiladi;
— tijorat banklariga ma’lum foizda qarz beradi;
— chet el valutalarining milliy valutaga nisbatan kursini belgilaydi;
— tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi;
— mamlakatning pul va oltin zaxiralarini saqlaydi.
Shu bois, markaziy bank — “banklarning banki” hisoblanadi va u faqat tijorat 
banklariga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda Markaziy bank davlatga tegishlidir. 
Bank
— tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi 
faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
— yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilingan mablag‘lardan 
tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
— to‘lovlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunidan.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin