57
57
56
— sport va sog‘liqni saqlash;
—
milliy xavfsizlik;
— qarilik
va nogironlik pensiyalari,
nafaqalari hamda stipendiyalar;
— ishsizlik nafaqalari va kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam berish;
—
atrof-muhitni himoya qilish;
—
jamoat tartibini saqlash;
—
davlat korxonalari, idora va boshqaruv organlarining moliyaviy ta’minoti;
— ba’zi bir davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sohalarni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash va boshqalar.
Ko‘rib turganingizdek, davlat budjeti mablag‘lari, asosan, jamiyat uchun zarur
tovar va xizmatlar sotib olishga, aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga
mo‘ljallangan transfert to‘lovlariga sarflanar ekan.
DAVLAT BUDJETI KAMOMADI VA PROFITSITI
Odatda, davlat budjetining daromad va xarajat qismlari o‘zaro teng bo‘lmaydi.
Ko‘pincha, daromadga qaraganda xarajat ko‘proq bo‘ladi.
Davlat budjetining
xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi musbat farqni
budjet kamomadi deb atashadi.
Yillar davomida jamlanib kelingan budjet kamomadining jami miqdori
davlat qarzini
tashkil qiladi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarz ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Ichki
qarz davlatning o‘z fuqarolari, firma va tashkilotlari oldidagi majburiyatlari bo‘lsa,
tashqi qarz chet el davlatlari, xalqaro banklar va moliyaviy muassasalar oldidagi
qarzidir. Davlat budjetining daromadlari xarajatlaridan ortiq bo‘lgan holda davlat
budjeti profitsiti yuzaga keladi.
Transfert to‘lovlari
—
davlat budjetidan aholining moddiy jihatdan kam
ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadigan mablag‘lar.
Dostları ilə paylaş: