Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

93
93
92
iqtisodiy davrni olib qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy pasayish 
oraliqlaridan iborat bo‘lib, 
M
nuqta bu davrdagi iqtisodiy faollikning eng yuqori 
nuqtasi (cho‘qqisi), 
N
nuqta esa eng quyi nuqtasidan iborat ekanligini ko‘rishimiz 
mumkin.
Agar iqtisodiy rivojlanishning kattaroq davrini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, 
20.2- chizmada tasvirlangan holatni ko‘rishimiz mumkin. Ta’kidlash joizki, 
bu holatda iqtisodiy faollik tebranib tursada, umuman olganda, iqtisodiyotda 
ko‘tarilish — o‘sish kuzatilayapti. Iqtisodiyotda kamida olti oy davomida real 
YaIMning kamayishi kuzatilsa, bu iqtisodiy pasayishdan dalolat beradi.
IQTISODIY O‘SISH
Davlatning eng muhim vazifalaridan biri — mamlakatda iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlab turishdan iborat. Chunki aholi soni o‘sib, ularning ehtiyojlari kundan 
kunga o‘sib boradi. Demak, borgan sari ko‘proq tovar ishlab chiqarish va xizmatlar 
ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda davlat mamlakatning ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini yuksaltirishi, ya’ni iqtisodiy o‘sishini ta’minlashi lozim bo‘ladi. 
Iqtisodiy o‘sish
deb, mamlakatda muttasil ravishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish 
hajmining oshib borishiga aytiladi. Iqtisodiy o‘sish darajasini bir necha usullarda 
hisoblash mumkin. Odatda, iqtisodiy o‘sish — mamlakatdagi real YaIMning o‘sish 
darajasi bilan o‘lchanadi. Yuqorida ko‘rilgan misolda 2005—2008- yillari YaIM 
ning real qiymati 1,27 marta oshgan bo‘lib, bu — mamlakatda ko‘rib chiqilayotgan 
davrda iqtisodiy o‘sish kuzatilganligidan dalolat beradi. Ba’zida, iqtisodiy o‘sish — 
YaMMning o‘sish darajasi bilan yoki aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YaMM 
ning (yoki YaIMning) oshish darajasi bilan ham o‘lchanadi. 
20.2- chizma
Iqtisodiy faollik darajasi
Iqtisodiyotning 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin