Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

M
J
K


153
152
153
Marketing
— bozor sharoitida iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va uni 
qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat. 
Marketolog 
— marketing faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, maxsus bilimga 
ega mutaxassis.
Mehnat birjasi 

ish beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar 
o‘rtasida vositachilik qiladigan davlat tashkiloti. 
Mehnat bozori 
— ishchi kuchi oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriladigan 
bozor.
Mehnat resurslari
— mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish 
tajribasi va mehnat mahorati.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonini ishchilar o‘rtasida 
ishni taqsimlash asosida tashkil qilinishi.
Mehnat unumdorligi
— resurs birligidan foydalanib ishlab chiqarilgan 
mahsulot miqdori.
Menejer 
— maxsus boshqaruv ilmini egallagan ish yurituvchi yoki 
boshqaruvchi.
Menejment 
— 
biror ko‘zlangan maqsadga erishish usullari, shakllari, vositalari 
va boshqarish tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Milliy daromad (MD)
 
— mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, 
renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
Moddiy kapital
— jamg‘arilgan daromadning moddiy mulkka aylangan qismi 
va pul mablag‘lari.
Moliya bozori
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonlari amalga 
oshiriladigan bozor.
Moliyaviy tadbirkorlik 
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq 
faoliyat.
Monopoliya
(yunonchada “tanho sotaman” degan ma’noni bildiradi) — 
muayyan tovar turi yakka ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan 
sotiladigan, boshqa sotuvchilarning kirishi o‘ta qiyin bo‘lgan bozor.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin