Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


- MAVZU FIRMANI BOSHQARISH — MENEJMENT



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/150
tarix14.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#98239
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014 E.Sariqov B.Haydarov)

8- MAVZU
FIRMANI BOSHQARISH — MENEJMENT
MENEJMENT NIMA?
Ma’lumki, har bir firma faoliyati ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga 
qaratiladi. Bu maqsadga erishish uchun esa firmani boshqarish lozim bo‘ladi. 
Boshqaruv jarayoni menejment deb ham yuritiladi (inglizcha “management” so‘zi
“boshqarish” degan ma’noni anglatadi). Boshqaruv haqidagi fan ham menejment 
deb ataladi va u boshqaruv usullari, shakllari va vositalarini o‘rganadi. 
Firmada tovar ishlab chiqarish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning har bir jabhasi 
boshqarishni talab qiladi. Masalan, ishchi-xizmatchilarni boshqarish, ishlab 
chiqarish vositalarini boshqarish, moddiy resurslarni boshqarish, ma’lumotlarni 
boshqarish, moliyaviy mablag‘larni boshqarish va boshqalar.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1- rasmdagi qandolatchilik sexida 6 nafar ishchi, 2- rasmdagi bankda 35 nafar 
xodim, 3- rasmdagi to‘qimachilik fabrikasida 300 nafar xodim, 4- rasmdagi zavodda 
esa 2 000 nafar ishchi ishlaydi.
1. Bu korxonalar qay tariqa boshqariladi, deb o‘ylaysiz?
2. Ularda ishchilarni boshqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar soni nimaga 
bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb o‘ylaysiz?
3. Menejment va menejer atamalarining ma’nosini bilasizmi?
4. Korxona uchun boshqaruv tizimining mavjudligi qanchalik muhim, deb 
o‘ylaysiz?
4. Aylanma mablag‘ning firma iqtisodiy faoliyatidagi ahamiyatini tushuntirib 
bering.
5. Yil natijasiga ko‘ra, firma foydasi 23000000 so‘mni, faoliyat samaradorligi esa 
20% ni tashkil qildi. Firmaning yillik sarf-xarajatlari miqdorini toping.
6. Firmani bankrotlikka olib keluvchi sabablarni aytib bering.
7. Firma bankrotlikka uchramasligi uchun nima qilishi kerak?
8. Bankrot deb topilgan firmaning qarzlari qanday tartibda to‘lanadi?
9. Firma qachon tugatilgan deb hisoblanadi?
Buni yodda tuting!

Firma foydasining real miqdori narxlar o‘zgarishini e’tiborga olgan holda 
hisoblanadi.

Firma faoliyatining samaradorligini hisoblashda foyda va xarajatlar miqdori 
e’tiborga olinadi.

Aylanma mablag‘lar aylanishining sekinlashishi firma uchun zararli 
hisoblanadi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin