Iqtisodiy bilim asoslari


-jadval. Iste’mol va jamg’arma darajasi, mlrd. so‘



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə116/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

19-jadval. Iste’mol va jamg’arma darajasi, mlrd. so‘m
(shartli raqamlar asosida)

Yil-lar

Daro-mad darajasi (Y)

Iste’-mol
(C)

Jam-g’arma
(S)

Icte’molga o‘rtacha moyillik
(S : Y)

Jamg’a-rishga o‘rtacha moyillik
(S : Y)

Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

Jamg’arishga keyingi qo‘shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)

2006

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2011

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2017

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50

Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste’mol va jamg’armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg’armaga bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg’armaga bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.


Aholi daromadining iste’molga sarflanadigan ulushi iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
.
Aholi daromadining jamg’armaga ketadigan ulushi esa jamg’armaga o‘rtacha moyillik (JO‘M) deyiladi:
.
Bizning misolimizda (3-jadval) yillar davomida daromad hajmi oshib borishi bilan IO‘M pasayib, JO‘M esa o‘sib bormoqda. SHunisi ahamiyatliki, iste’molga va jamg’armaga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari iste’mol va jamg’armaning daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o‘zgarishi boshqa birining ham teskari yo‘nalishda xuddi shunday miqdorga o‘zgarishiga olib keladi. Qisqacha aytganda, bo‘ladi.
Shuningdek, iste’mol yoki jamg’armaga keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko‘rsatkich iste’molchi daromadining navbatdagi o‘zgarishi uning iste’mol va jamg’armaga nisbatan munosabati qanday o‘zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik deyiladi (IQM), yoki
.
Daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg’arma hajmining o‘zgarishi darajasi jamg’armaga keyingi qo‘shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni:


.

Demak, sof daromadning o‘sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o‘rtasidagi nisbat o‘zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig’indisi 1ga teng bo‘ladi, ya’ni:



Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg’arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko‘ra, jamg’arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko‘rsatkichlarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin