Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə112/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Tadbirkorlik qobiliyati. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni ko‘payadi va bu yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, keyingi vaqtda respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e’tiborning qaratilishi bunday faoliyat bilan shug’ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko‘payishiga olib kelishi muqarrar va bu o‘z navbatida yalpi taklifni oshiradi.
Import resurslar narxlari. CHet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifning ko‘payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o‘zgarishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri - valyuta kurslarining o‘zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday ro‘y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan narxi tushdi, ya’ni so‘mning qiymati ko‘tarildi, deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so‘m uchun ko‘proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga keladi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so‘mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini ko‘paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so‘mga nisbatan narxi oshgan taqdirda, ya’ni so‘m qadrsizlanganda import resurslari narxlari ko‘tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik. Resurslarni yetkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo‘lgan sharoitdagidan ancha yuqori o‘rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini o‘n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko‘paytirdi. 80-yil o‘rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin