Iqtisodiy bilim asoslari


-chizma. Yalpi taklif egri chizig’i



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə110/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

25-chizma. Yalpi taklif egri chizig’i
YOtiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y nuqtaga qadar bo‘lgan hajm)ni o‘z ichiga oladi. YA’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko‘plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to‘liq foydalanilmaydi. SHunga ko‘ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. SHunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o‘zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.
II. Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishi narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo‘shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. SHu barcha sabablarga ko‘ra mahsulot birligiga qilinadigan harajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo‘lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. SHu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko‘payishi narxlarning o‘sishi bilan birga boradi.
III. Tik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko‘rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to‘xtovsiz oshib borishi xam ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo‘lib qolishi, narx darajasi esa o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin