Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə119/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.

  2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating.

  3. Iste’molga va jamg’armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz?

  4. Iste’mol va jamg’armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?

  5. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi?

  6. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?



11-mavzu. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o‘sish va milliy boylik. Milliy iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanishi.
Reja:
  1. Iqtisodiy taraqqiyot. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni turlari va ko‘rsatkichlari.

  2. Iqtisodiy o‘sish omillari. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.

  3. Iqtisodiy muvozanat tushunchasi, turlari va uning darajasini aniqlash usullari.

  4. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.



Tаyanch iboralar: Iqtisоdiy rivоjlаnish, iqtisоdiy o‘sish, iqtisоdiy o‘sish mеzоni, iqtisоdiy o‘sishning ko‘rsаtkichlаri, ekstеnsiv iqtisоdiy o‘sish, intеnsiv iqtisоdiy o‘sish, ustuvоr ekstеnsiv iqtisоdiy o‘sish, ustuvоr intеnsiv iqtisоdiy o‘sish, iqtisоdiy o‘sish оmillаri, milliy bоylik, mоddiy–buyumlаshgаn bоylik, tаbiiy bоylik, mа’nаviy bоylik.

  1. Yüklə 4,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin