Iqtisodiy bilim asoslari


Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə127/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
2. Тarmoqlararo mutanosibliklar. Ushbu singari mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.
3. Тarmoq ichidagi mutanosibliklar. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo‘jaligining dexqonchilik va chorvachilik sohalari, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar va h.k.
4. Hududiy mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‘rtasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan bog’liqlikni ham taqozo qiladi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o‘z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko‘zda tutiladi:

    • mamlakatda mavjud bo‘lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish;

    • to‘la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo‘lgan va ishlashni xohlaganlarni to‘liq va samarali ish bilan ta’minlash;

    • narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan xoli qilish;

    • iqtisodiyotning bir maromda o‘sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog’lab borish;

eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin