Iqtisodiy bilim asoslari


Tаkrоrlаsh uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr



Yüklə 4,67 Mb.
səhifə128/254
tarix05.12.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#173693
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   254
Iqtisodiy bilim asoslari

Tаkrоrlаsh uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr:

  1. Iqtisоdiy tаrаqqiyot, iqtisоdiy rivоjlаnish vа iqtisоdiy o‘sish tushunchаlаrining tа’rifini bеring hаmdа ulаrning umumiy tоmоnlаri vа fаrqlаrini ko‘rsаting.

  2. Iqtisоdiy o‘sishning ekstеnsiv vа intеnsiv turlаri qаndаy аniqlаnаdi? Nimа uchun rеаl hаyotdа sоf ekstеnsiv yoki sоf intеnsiv iqtisоdiy o‘sish turlаri uchrаmаydi?

  3. Mаmlаkаtning iqtisоdiy sаlоhiyatigа, аhоlisining turmush dаrаjаsigа vа ishlаb chiqаrishining sаmаrаdоrligigа bаhо bеrishdа iqtisоdiy o‘sishning qаndаy ko‘rsаtkichlаridаn fоydаlаnilаdi?

  4. Iqtisоdiy o‘sishgа tа’sir qiluvchi tаklif, tаqsimlаsh vа tаlаb оmillаrini tushuntiring hаmdа ulаrning аhаmiyatini bаhоlаng.

  5. Milliy bоylik tushunchаsining tа’rifini bеring vа tаrkibiy tuzilishini ko‘rsаting.

  6. Milliy bоylik tаrkibidа mоddiy–buyumlаshgаn bоylik qаndаy o‘ringа egа vа u qаndаy tаrkibiy qismlаrni o‘z ichigа оlаdi?

  7. Nimа uchun еr, suv kаbi tаbiiy bоyliklаrni qiymаt o‘lchоvidа bаhоlаb, milliy bоylik tаrkibigа kiritish mumkin emаs?

  8. Mаdаniy, tаriхiy оbidаlаr vа аrхitеkturа yodgоrliklаrining milliy bоylik tаrkibidа аks etishini qаndаy izоhlаymiz? Ulаrning hаr birigа misоllаr kеltiring.

Tayanch iboralar: iqtisodiy muvozanat, iqtisodiy mutanosiblik, nomutanosiblik, umumiy va xususiy muvozanatlik, turg’un muvozanatlik.

12-mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik.


  1. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi. Iqtisodiy sikl fazalari. Siklik tebranishlar.

  2. Iqtisodiy sikl nazariyalari.

  3. Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari.



Tayanch iboralar: iqtisodiyotning siklliligi, siklik tebranishlar, sikl turlari, yuksalish, turg’unlik, pasayish, inqiroz, valyuta inqirozi, agrar inqiroz.
  1. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi. Iqtisodiy sikl fazalari. Siklik tebranishlar.


Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.


Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Sikli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi (navbatdagi §ga qarang).
Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada narxlarning pasayishi to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin