Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir–biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g’risida gap borganda eng avvaloyalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‘z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Хususiy muvozanat — bu ikkita o‘zaro bog’liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Masalan, ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari tengligi.
Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Masalan, iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda balans usulidan, xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Masalan, balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib, iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi. «Хarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.
4.Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.
Iqtisodiy mutanosiblik – bu iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo‘lishidir. Bunda tenglik bo‘lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.