Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.
3. Тakror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi.
Тovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi. Тaqchil ishlab chiqarish inqirozidavrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar: Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday?
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
O‘zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo‘llarda amalga oshirish ko‘zda tutilgan?
Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
Iqtisodiy siklning asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko‘rsating.
Iqtisodiy siklning qanday oqibatlari bo‘ladi? 13-mavzu. Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik.
Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishi.
Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar.
Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risida turli xil nazariyalar.
Ishsizlik, uning turlari va oqibatlari. A.Ouken qonuni.